Get Mystery Box with random crypto!

Педиатр Нур Олимовна

Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна П
Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна
Арна мекенжайы: @pediatr_nur
Санаттар: Денсаулық
Тіл: қазақ
Жазылушылар: 1.98K
Арнадан сипаттама

Ёш оилаларга бола парвариши хусусида педиатрдан маслаҳатлар.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Соңғы хабарлар 5

2022-07-11 20:32:00 ​​Qadrli onalar,

bola tarbiyasi haqiqatdan hozir dolzarb bo'lib qolmoqda. Hattoki, onalar ba'zi hollarda qanday yo'l tutishni bilmay qoladi. Ular bolasining erkaliklaridan bezor bo'ladi, unga baqiradi, uradi, lekin 3 yoshli bolaga baqirgan ona, bola 5 yoshida yanada balandroq baqirishi kerak bo'lishini afsus bilmaydi.

Ko'pchilik onalar bolasini kichikligidan bo'ysundirib olishni xohlaydilar, bolani sevuvchi onadan "dushman"ga aylanadilar, ona-bola munosabati "urush maydoni"ga aylanadi.

Lekin, bir o'ylab ko'ring, u sizdan qo'rqqanidan izmingizda yuribdi, afsuski u sizni yaxshi ko'rmaydi, qo'rquv esa bola ruhiyatida chuqur yaralar paydo qiladi.

Bu yaralar sizga albatta qimmatga tushadi. Keling, birgalikda bolani qanday qilib mo'min va taqvodor inson qilib o'stirish haqida keyingi postlarimizda o'rtoqlashamiz
255 views17:32
Ашу / Түсініктеме
2022-07-08 20:27:42 Qadrli kuzatuvchilar , kirib kelayotgan Qurbon hayiti ayyomingiz bilan tabriklayman.

Yuqoridagi anonim savollarni berishimdan maqsad, eng sharafli bo'lgan bola tarbiyasi
haqida o'rtoqlashmoqchiman.

Bizning har bir qilgan xatolarimiz bolaning ruhiyatida aks etadi.
Yaqinda ko'p qavatli uylarning o'yin maydonchasida bir 3 yoshlar chamasi shiringina qizaloq bilan uning onasini kuzatdim. Ona bolani mahkam quchoqlab suyib erkalatar, hatto bolaning yuzlari qizarib ketsa-da, bola indamay turardi. Bir zumdan so'ng bir talay qizchalar keldi, ular ham "muncha shirin" deya o'pa ketishdi.

Bola esa...hatto yig'lashni ham unutgandek.

Qadrli onalar, tashqaridan qaraganda bu oddiy holdek ko'rinadi. Lekin, bola yuqoridagi holatlar natijasida, o'z tanasiga nisbatan "egalik" hissidan nari bo'lib o'sadi, begonalar unga dahl qilishidan g'ashlanmaydi.

Avvallari, qari buvilarimiz bolaning boshini silab o'zlarining qo'lini o'pishardi yoki ota-ona bolasini kattalar yonida erkalatishdan andisha qilar edilar.
To'g'ri, "u mening bolam, men uni erkalatishim foydali" dersiz, lekin 3-4 yoshli bolaga "seni o'psam maylimi yoki seni bag'rimga bossam maylimi?" deb so'rashingiz unga bo'lgan mehringizni izohlash bilan birga uning tanasi uning mahramiyati ekanligini anglatib boradi.

Shu tariqa, boshqalardan ham ruxsat so'rashni yoki "yo'q" deyishni o'rganadilar...

Sizning bu haqida fikringiz qanday, izohlarda yozib qoldirsangiz xursand bo'lar edim .

Pediatr Nur Olimovna
243 views17:27
Ашу / Түсініктеме
2022-07-07 19:51:39
Bolani qiynab erkalovchilarga nisbatan munosabatingiz?
Anonymous Poll
7%
Ijobiy.
74%
Salbiy.
19%
Bola bo'lgandan keyin qiynab erkalatamizda .
235 voters395 views16:51
Ашу / Түсініктеме
2022-07-07 19:49:53
Siz bolangizni quchoqlashda qachondir undan ruxsat olganmisiz?
Anonymous Poll
25%
Ha, albatta.
57%
Yo'q, bu haqida o'ylab ko'rmaganman.
18%
Nega ruxsat olishim kerak, uning mening farzandimku?!
206 voters400 views16:49
Ашу / Түсініктеме
2022-07-02 22:45:16 ​​Bolani halollikka o'rgating.

Qadrli onalar, bolamiz halol va birovning haqqidan qo'rqishi uchun qanday yo'l tutyapmiz? Siz bolangizni o'g'ri, yolg'onchi, sudxo'r, bemehr bo'lib o'sishining oldini olish payida bo'lasiz-u, ming afsuslar bo'lsinki, uydagi qattiqqo'l bo'lgan, masalan, dadasi, bobosi, amakisi, buvisini sabab qilasiz.


"Agar pulni og'irlasang, dadanga aytaman", "Ana bobong kelib gulni behuda uzganing uchun jazo beradi", "Agar ko'chada shomgacha o'ynasang buving hivchin bilan savalaydi" deb qo'rqitamiz yoki rostdan ham ular ko'magida "jazolaymiz".

Qadrli onalar, siz farzandlaringizni doimo bizni ko'rib turuvchi va har qanday yomonlikka aloqador ishlarga nisbatan qarshi bo'luvchi yagona va qudratli Allohdan hayo qilishni o'rgating,

Alloh doimo har joyda hatto hayolimizdagi fikrni ham bilishga qodir Alloh ekanligini tushuntiring. Chunki dadasidan yoki boshqa insondan qo'rqitsangiz, dadasi yo'qligida "meni ko'rmaydi" deb, ta'qiqlarni qilaveradilar.

Alloh esa, doimo ko'rib turadi va bola buni his qilib ulg'ayadi. Yaxshiliklarini va yomonliklarini yozib boruvchi farishtalar haqida ayting, hotirjam bo'ling, Alloh o'zi farzandlaringizni o'z panohida asraydi, in shaa Alloh.

Pediatr Nur Olimovna
945 viewsedited  19:45
Ашу / Түсініктеме
2022-06-28 08:56:12 ​​Qush uyasida ko'rganini qiladi.


Qadrli onalar, bolangiz kundan kunga ulg'aymoqda...

Uning "nega?, nima uchun?, qanday?, qayerdan?" kabi savollari tobora ko'payib bormoqda. Hatto ba'zi savollariga javob berishga qiynalib ,har xil yolg'onlarni to'qishga to'g'ri kelyapti.

Masalan, bolangiz nega quyosh chiqadi, nega bulut yuradi yoki nega qush uchadi, deb savol bersa oddiygina qilib, "issiq bo'lishi uchun" yoki "qanoti bo'lgani uchun" deb javob bermasdan tabiat mo'jizalari qonuniyatlarini go'zal qilib, hatto rasmlardan ko'rsatib tushuntirsangiz, bolaning jajji tafakkuri ulkan ilm koniga aylanadi.

Bunday javob berish uchun esa kitob o'qishimiz kerak. So'z boyligimizni va ilmimizni turli kitoblar o'qib boyitishimiz kerak.

Qani aytingchi, oxirgi 3 oy ichida qaysi kitob yoki risola o'qidingiz?

Vaqtni , uy ishlarini bahona qilarsiz balki, lekin o'ylab ko'ring telefonda yoki qo'shni bilan gaplashib qancha vaqt sarflayapsiz.

Aziz onalar, sizning kitob o'qishingizni ko'rib ulg'aygan bolalar kitobga mehrli bo'lib o'sadi. Men bir oilani bilaman, ular kun bo'yi ishlab charchashgan vaqtda ham, shunchaki kitobni oqimasdan unga termilib kunda 1 soat o'tiradilar, bu faqat farzandlariga o'rnak bo'lish uchun.

Aziz onalar, bugun kitob do'koniga boring va bolalar tarbiyasi haqidagi kitoblardan sotib oling yoki audiokitoblarni telefoningizga o'rnating.
Zero, siz olim va olimalalarni dunyoga keltirgan onalarsiz!

Pediatr Nur Olimovna
1.4K viewsedited  05:56
Ашу / Түсініктеме
2022-06-24 19:14:57 ​​Qadrli onalar,

kun tartibiga ancha ko'nikib qolgan bolajonlarga 4 mahal yegulik berish zarurligini bilib oldingiz. Lekin, qanday ovqat qilsam ekan, deb o'ylanishingiz tabiiy hol.
Chunki 1 haftada 7 kun xilma-xil ovqat turini topish kerak bo'ladi. Siz qancha berish kerakligini bilib olingda, pazandalik san'atingizni ishga solavering.
Ishoning, sizning bu mehnatlaringiz evaziga, albatta, polvon bolalar onasiga aylanasiz.)

1-3 yoshli bolalar uchun taomnoma
Nonushta: sutli kasha - 200 gr;
Sutli kofe -100 gr;
Sariyog' surtilgan non - 65gr;

Tushlik: Sho'rva - 150 gr;
Grechka shovla - 100 gr;
Salat- 80 gr;
Non - 30gr va kompot - 100 gr;

Tolmachoy (yengil tamaddi): qatiq - 200 gr va bulochka - 60 gr.

Kechki ovqat: kartoshkali kotlet va tomatli sous - 200 gr va non - 35gr, kompot -100gr.

Shu shaklda ovqatlarni kunma kun qilib boring, mevalarni esa, yuvib kuniga 3 mahal berishingiz mumkin.

Pediatr Nur Olimovna
1.4K views16:14
Ашу / Түсініктеме
2022-06-17 07:24:40 ​​Kun tartibi tarbiya ustunidir.

Bolalar salomatligini mustahkamlovchi eng katta omillardan biri - bu kun tartibidir. Ayniqsa, bolalarning intizomga rioya qilishi va tartibli bo'lishi kun tartibiga go'dakligidan rioya qilishidir.

Yurtimizda juda ko'p onalar uy bekalaridir va aksariyat hollarda bolaning kun tartibini o'z yumushlariga moslaydilar, natijada bola vaqtida ovqatlanmaydi va vaqtida uxlamaydi. Bu esa asab tizimining buzilishiga olib keladi.

Asosan, bog'chaga bormaydigan 1-2 yoshdagi bolalar uchun kun tartibiga rioya qilish juda muhimdir.

1-2 yoshgacha bolalar uchun kun tartibi:

7.00 - uyg'onish;
7.00-7.30 - nonushta;
8.00-11.00 - o'yin, sayr;
11.30-12.00 - tushlik;
12.00-15.00 - uyqu!;
15.30-16.00 - tolmachoy (yengil ovqatlanish);
16.30-18.30 - sayr, o'yin, chiniqish;
19.00-19.30 - kechki ovqat;
20.30-7.00 - tungi uyqu.

Aziz ota-onalar, siz 3 kun shu tartibga rioya qiling va bola kayfiyatidagi mo'jizaga hayron qolasiz!

Pediatr Nur Olimovna
1.9K viewsedited  04:24
Ашу / Түсініктеме
2022-06-10 05:22:11 ​​Bolalarning salomatlik garovi - yoz fasli!

Yurtimizga mehribon, saxiy yoz fasli keldi. Hatto eng zaif bo'lgan bolalarning ham immunitetini kuchaytiruvchi fasldan foydalanib qolmagan ota-onalar juda katta xato qiladilar.

Havo, suv va quyosh eng kuchli tabiat "shifokorlari" dir. Keling aziz ota-onalar, dorilardan voz keching va davolashni tabiatga ishonib topshiring!

1. Ochiq havoda sayr qildiring.
Yozda eng maqbul vaqt soat 8.00 va 18.00 atrofida bolib yangi tug'ilgan chaqaloqlar 2-3 minutdan 30 minutgacha sayr qilishi mumkin, kattaroq bolalar bilan turli o'yinlar o'ynatish va badantarbiya mashqlarini oilaviy bajarish kerak.

2. Quyoshda toblaning.
Quyoshli toblanish asosan ko'lanka joyda amalga oshiriladi, lekin toblanish 20-25 °C da faqat 5 minutdan boshlab 10 minutga ko'tarish va toblanish albatta suv muolajasi bilan tugashi kerak bo'ladi.
Bunda suv harorati 6 oygacha bolalar uchun 30-35 °C, 1 yoshdan keyin 28-32°C bo'lishi kerak.

Bu toblanishda bolaning boshida oq bosh kiyim bo'lishi va badani yalang'och bo'lishi kerak.Yoz oylarida soat 9 dan 11 gacha quyoshda toblanish foydalidir.

3. Suv muolajalari. Suv muolajalari agar doimo bir vaqtda amalga oshirilsa, qon tomirlar va harorat markazi uchun juda foydalidir. Bolani eng ko'p salomat qiluvchi tabiat unsuri - bu suv. Ayniqsa dush, suv sochish va ochiq suv havzalarida tez-tez cho'milish markaziy asab sistemasini tinchlantiradi, uyquni me'yorlashtiradi.
Bunda 1-2 minutdan 10 minutgacha uzaytirish va tanani qizartirib artish juda foydalidir.

Aziz ota-onalar yozdan unumli foydalanib qoling!

Pediatr Nur Olimovna
2.0K viewsedited  02:22
Ашу / Түсініктеме
2022-06-03 13:10:57 ​​Bola o'z tana a'zolari haqida bilishi kerak.


Har bir ota-ona, bolaga uning tana a'zolari haqida ma'lumotlarni berishi, kasallik haqida to'g'ri tushuntirishi bolaning erta va muvaffaqiyatli tuzalishining garovidir.

Tadqiqotlarga ko'ra, bolalar o'zlaridagi og'riqlarga nisbatan juda havotirda bo'ladilar va doimo "o'lim" tushunchasi haqida noto'g'ri o'ylaydilar.

4-5 yoshli bolalar oyoq-qo'llarni faqat yuvish uchun kerak deb hisoblaydilar, ular yurak eng muhim a'zo deb hisoblaydilar. Maktab o'quvchilari esa tana a'zolari ichida miya muhim deb hisoblaydilar.

Shunday ekan aziz onalar, farzandlaringizga o'z tana a'zolari va kasalliklar haqida sodda qilib tushuntirib boring, bu ularni nafaqat kasalliklarning oldini olish, balki yengishi uchun ham juda foydalidir.

Pediatr Nur Olimovna
1.8K viewsedited  10:10
Ашу / Түсініктеме