Get Mystery Box with random crypto!

Педиатр Нур Олимовна

Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна П
Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна
Арна мекенжайы: @pediatr_nur
Санаттар: Денсаулық
Тіл: қазақ
Жазылушылар: 1.98K
Арнадан сипаттама

Ёш оилаларга бола парвариши хусусида педиатрдан маслаҳатлар.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Соңғы хабарлар 2

2022-08-21 19:41:10

1.6K views16:41
Ашу / Түсініктеме
2022-08-21 19:41:02 Assalomu alaykum qadrli obunachilar!

YouTube kanalimizda yangi video! Ushbu videoda bola yig'isi turlarini farqlash haqida gaplashdik!

Foydali bo'ladi degan umiddaman
1.5K views16:41
Ашу / Түсініктеме
2022-08-18 21:07:35 ​​Maktab zo'ravonligi nima?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar,

mana maktab boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi, farzandlaringizga maktab uchun kerakli buyumlarni xarid qilar ekansiz, 4-sinf yoki 7-sinf farzandingiz negadir maktabga borishni xohlamagandek tuyuldi, hatto men "maktabni yomon ko'raman" deb sizni hayron qoldirdi.

Bu bolangiz maktab zo'ravonligiga uchraganining belgisi bo'lishi mumkin. Maktab zo'ravonligi hamma davrlarda ham ro'y bergan holat hisoblanib, asosan jismoniy kuchsiz va qo'rqoq bo'lgan bolalar duchor bo'ladilar.

Maktab zo'ravonligida asosan 3 toifa bola bo'ladi, 1-zo'ravon, 2- jabrdiyda, 3-kuzatuvchi.

Zo'ravonlar doimo kuchsizlarga laqab qo'yadilar, ularga tahdid qiladilar va ba'zan pul talab qiladilar, kuchsizlar bu vaqtda umri davomidagi barcha muvaffaqiyatsizliklarning sababi bo'luvchi depressiyani orttirib oladilar, eng achinarlisi kuzatuvchi deb atalgan guruh bu noma'qulchiliklarga barham bera olmagani uchun ruhan eziladilar.

Ho'sh, bu holatning oldini olish kimning vazifasi, albatta maktabdagi ustozlar, psixologlar, ma'muriyat maxsus programmalar ishlab chiqishi kerak, lekin bu hamma maktabda bormikin?

Avvalo, ota-ona bu holatni tekshirib turishi kerak, maktabga tez-tez borib turishi kerak, ayniqsa otalar...

Bolaning yaqin do'stlarini uyingizga taklif qilib turishingiz kerak. Bolani sport to'garaklariga yoki o'quv kurslariga berish kerak, eng muhimi bola bilan do'st bo'lish kerakki, u sizga maktabdagi voqealarni sizga ayta olsin, ayniqsa dadalar bunga e'tibor berishi kerak bo'ladi.

Bolani turli zo'ravonliklarga uchrashi mumkinligini unutmang.

Pediatr Nur Olimovna
1.8K views18:07
Ашу / Түсініктеме
2022-08-17 21:49:35 ​​​​Tungi enurezning eng katta sabablaridan biri burundagi yoki halqumdagi muammolar bo'lishi mumkin.

Tungi enurez kasalligi hozirgi vaqtda dolzarb muammolardan biridir. Chunki bolalar ko'p vaqt tagliklarda yurishib, onalar bolani tuvakka o'tqazishga biroz sovuqqonlik bilan qaramoqdalar.

Bolaga berilayotgan turli gadjetlar esa bolaning bosh miyasida siydik pufagi bilan bo'luvchi bog'liqlikning buzilishiga sabab bo'lmoqda.

Ayniqsa, onalarning bolalarga nisbatan negativ munosabati bola hatto o'smir yoshga yetguncha ham bu muammoning davom etishiga va bolada ruhiy tushkunlikning kuchayishiga olib kelmoqda.

Onalar bolada o'ziga nisbatan ishonch bo'lishi uchun kurashmasdan ularga achinish va ba'zan achchiqlanish holatlarini oshkor qiladilar.

Menga shikoyat qilib kelgan onalarga ularning bolani bag'riga har kuni bosib, unga ishonishlarini aytishi va ularni bu yo'lda qo'llab quvvatlashi juda foyda bergan, hatto bu holat yaxshi natija berganidan hayron ham bo'lganlar va bolalarni uzoq yillar mobaynida jazolaganliklari uchun afsus chekkanlar, hatto bir ona to'shakni ho'llab qoygan farzandini qorong'u xonaga qamab qoyganini eslab yig'lagan.

Yana shuni ta'kidlash kerakki, aksariyat tungi enurezi bor oilalarda er va xotin munosabatlarida doimo muammo boladi yoki bola ukalari yoki akalari, opalari bilan doimo taqqoslanadi.

Qadrli ota-onalar, agar farzandingizda tungi enurez muammosi bo'lsa, og'iz va burun bo'shliqlarini tekshirtiring, chunki kislorod bilan miya yaxshi ta'minlanmasa, bola charchab qattiq uyquga ketadi

Eng muhimi unga ishoning va tez-tez bag'ringizga bosing.

Pediatr Nur Olimovna
1.5K viewsedited  18:49
Ашу / Түсініктеме
2022-08-14 18:56:14 Live stream finished (26 minutes)
15:56
Ашу / Түсініктеме
2022-08-14 18:29:28 Live stream started
15:29
Ашу / Түсініктеме
2022-08-14 08:07:35 Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Mana yoz ham o'tib bormoqda, lekin bolalardagi ich buzilish hollari tez- tez uchrab turibdi. Onalarimiz bolaga diareya holatlarida o'zboshimchalik bilan uyda dori-darmon qilishib, bolaning ahvolining og'irlashishiga sabab bo'lmoqdalar.

Bugungi podkastimiz asosan bolalarga diareya holatlarida qanday yordam berish masalalariga qaratilgan bo'ladi.

20.30 da podkastimizni eshitishingiz mumkin.
Bolalarda diareya holatlari barcha qiziqqan insonlarni taklif qilaman

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna
1.4K views05:07
Ашу / Түсініктеме
2022-08-10 12:16:23




Manfaat oling, foydalaning!
Obuna bo'lishni ham unutmang

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna
1.9K viewsedited  09:16
Ашу / Түсініктеме
2022-08-10 12:15:59 Assalomu alaykum, qadrli obunachilar!

Vanihoyat, siz kutgan yangilik - "Chaqaloqlar parvarishi" ga oid video - yangi YouTube kanalimizga joylandi
1.6K views09:15
Ашу / Түсініктеме