Get Mystery Box with random crypto!

Педиатр Нур Олимовна

Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна П
Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна
Арна мекенжайы: @pediatr_nur
Санаттар: Денсаулық
Тіл: қазақ
Жазылушылар: 1.98K
Арнадан сипаттама

Ёш оилаларга бола парвариши хусусида педиатрдан маслаҳатлар.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Соңғы хабарлар 3

2022-08-05 16:20:41
@pediatr_nur kanalida "Chaqaloq parvarishi"ga oid yangilik!

Tez kunda
1.8K views13:20
Ашу / Түсініктеме
2022-08-03 11:45:07 ​​​​Bolamning bo'yi nega o'smayapti?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar,

sizlardan kelgan savollar, asosan, bolaning bo'yini o'stirish uchun nima qilish kerak degan savollar bo'ldi. Qisqacha qilib aytganda, bolaning bo'yi bir yil davomida 2-3 sm o'sayotgan bo'lsa, darhol endokrinologga ko'rinish kerak. Bundan tashqari “suyak yoshi”ni ko'rish kerak.

Buni qilish uchun qo'l kafti suyagi rentgenografiya qilinadi va suyaklanishning yoshga bog'liqligi tekshiriladi. Otasining va ota tomonidan qarindoshlar bo'yi asosan o'g'il bolaga , onaning bo'yi qiz bolaga ta'sir qiladi.

Bolaning bo'yi sakrab o'sadi: 4-6 yoshda va jinsiy balog'at davrida ko'p o'sadi. Bu davrda bir yilda 10-12 sm o'sadi, qizlar o'g'il bolalardan 1-2 yil avval o'sishni boshlaydilar.

Asosan, bo'y o'sish gormoni(somatotrop gormon) soat 22-24 da, chuqur uyquda balandlaydi, fasllardan yoz oylarida faolroq bo'ladi.

Bo'y o'sishi uchun 12-14 yoshli bola 10 soat, 15-17 yoshda 7-8 soatdan kam uxlamasligi kerak. Bola faol harakatda bo'lishi , asosan suv bilan bog'liq sportlarga borishi va yaxshi ovqatlanishi kerak.

Ovqat rasionidagi 60% oqsil sut mahsulotlaridan bo'lib, hayvon va o'simlik( grechka, perlovka, yasmiq) oqsillarini yeyishi kerak, shirinliklar va yog'li ovqatlar o'sish gormonini tormozlaydi.

Minerallardan kalsiy, fosfor, yod va vitamin D foydalidir.

Yana bir gap: 1 yoshgacha 25 sm o'sishining sababi bu onaning doimo birga bo'lishi, mehr berishi tufaylidir. Bola qancha oilada erkin va xursand, mehr qurshovida bo'lsa bo'y o'sishida muammo bo'lmaydi.

Hurmat bilan,

Pediatr Nur Olimovna
279 views08:45
Ашу / Түсініктеме
2022-08-01 19:23:18
Ushbu jadvalda 0 yoshdan 17yoshgacha bo'lgan bolalarni bo'yi va vazni ko'rsatilgan. Ovozli chatda hammasini ham aytishga imkon bo'lmadi, shu jadvaldan foydalanishingiz mumkin.

@pediatr_nur
437 viewsedited  16:23
Ашу / Түсініктеме
2022-08-01 19:08:30 @pediatr_nur
406 views16:08
Ашу / Түсініктеме
2022-08-01 18:55:14 Live stream finished (27 minutes)
15:55
Ашу / Түсініктеме
2022-08-01 18:27:23 Live stream started
15:27
Ашу / Түсініктеме
2022-08-01 18:20:10 Podkast boshlanishiga 10 daqiqa qoldi, qog'oz va ruchkalarni tayyorlab olishingizni maslahat beraman - raqamlardan ko'p foydalanamiz
520 views15:20
Ашу / Түсініктеме
2022-07-31 15:04:59 Assalomu alaykum qadrli obunachilar, rahmat fikrlaringiz uchun.
Eng ko'p tanlangan mavzu "Bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanish me'yorlari" bo'ldi.

Huddi shu mavzuda ertaga, dushanba kuni, soat 20.30 da Xudo xohlasa, suhbatlashamiz

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna
342 viewsedited  12:04
Ашу / Түсініктеме
2022-07-29 14:15:31 Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Allohga shukurki, ushbu kanal orqali baholi qudrat manfaat olayotganingizdan xursandman. Kanalimizga talabalar, ota- onalar, kelin kuyovlar, buvi- bobolar va shifokorlar, professor o'qituvchilar obuna bo'lishgan, hatto chet eldagi o'zbek oilalari ham kuzatib boradi.

Ota-onalarimiz bilan ovozli savol javob (podkast) qilish niyatida edimki, mavzularini o'zingiz tanlasangiz, xursand bo'lar edim.

Ushbu mavzulardan qaysi biri sizni eng ko'p qiziqtiradi?

1.Bola tarbiyasida onaning o'rni.

2.Yoz oylarida ko'p uchrovchi kasalliklar.

3.Bolalarning jismoni va ruhiy rivojlanish me'yorlari.

4.Chaqaloqlarni parvarish qilish.

Siz tanlagan mavzularda dori vositalari haqida axborot berilmaydi, balki oldini olish va parvarish, mutaxassisga yo'naltirish masalalari ko'riladi.

Men qiynalib qolgan masalalarda ustozlarimiz va tajribali buvi-bobolarimiz yordam bersa xursand bo'lar edim.

Izohlarga 1dan 4gacha raqamlardan siz istagan mavzuyingizni raqamini yozib qoldiring.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna
398 viewsedited  11:15
Ашу / Түсініктеме
2022-07-27 19:17:58 Ideal er qanday bo'lishi kerak?

Qadrli obunachilar!

Yuqoridagi testlarda ideal turmush o'rtoq (er) qanday bo'lishi haqidagi savollar muhokamalarga sabab bo'lganligi uchun, keling, bir oz mulohaza qilaylik.
"Aqlli, oilaga g'amxo'r, ayolni tushunadigan, bolajon, ozoda, ..." Qanday ajoyib ta'riflar... Mukammal, buning ustiga puldor bo'lsa...

Xo'sh, oila ajrimlari mukammallik qidirganimiz uchun sodir bo'lyaptimi unda? Yoki erkaklar ayollardan mukammallik qidirishyaptimi?

Tibbiyot talabalari bilan "ayolning oliy ma'lumotli bo'lishi qanchalik muhim" mavzusida suhbatlashayotgan edik, bir talaba "men bilgan ko'pchilik ilmli odamlarning onalari hech qayerda o'qimaganku?", deb savol berdi.

Men esa unga, bunga sabab ayollarning qon-qoniga singib ketgan Qur'on qonuniyatlari aqida sifatida onadan qiziga ta'lim berilganligi, qolgan ta'limni esa ularga turmush o'rtoqlari o'rgatishganligini aytgan edim. Ularning erlari esa oddiy dehqon, hunarmand bo'lishgan, lekin halollik, halimlik, ayollarga va bolalariga mehribonlik haqida hech qaysi oila psixologiyasidan emas, aynan Qur'on o'gitlaridan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan o'rganganlari haqida aytgan edim.

Yaqinda ajoyib inson Ikrom Sharifning "Oilaviy ajrimlarni oldini olishda eng samarali yo'l" ma'ruzalarini eshitib erkaklarning ayol tarbiyasidagi rolini eshitib yanada hayron qoldim.

Oilada erkak aqlli bo'lmasin, puldor bo'lmasin, xushsurat bo'lmasin, lekin ayoliga oilani isloh qilishda Qur'on qonuniyatlarini o'rgatsin. Ayol halimlikda, mehribonlikda tengi yo'q erining o'gitlarini qilmasa, bu endi haqiqiy fojeadir.

Keling, bolani tarbiya qilish yo'lida o'zimizni tarbiyalaylik, oilada bir birimizga mehribon va go'zal qirralarnigina ko'rishga harakat qilaylik.


Sizlarga tinch va baxtli hayot tilab,
Pediatr Nur Olimovna
433 viewsedited  16:17
Ашу / Түсініктеме