Get Mystery Box with random crypto!

​​Bolani halollikka o'rgating. Qadrli onalar, bolamiz halol v | Педиатр Нур Олимовна

​​Bolani halollikka o'rgating.

Qadrli onalar, bolamiz halol va birovning haqqidan qo'rqishi uchun qanday yo'l tutyapmiz? Siz bolangizni o'g'ri, yolg'onchi, sudxo'r, bemehr bo'lib o'sishining oldini olish payida bo'lasiz-u, ming afsuslar bo'lsinki, uydagi qattiqqo'l bo'lgan, masalan, dadasi, bobosi, amakisi, buvisini sabab qilasiz.


"Agar pulni og'irlasang, dadanga aytaman", "Ana bobong kelib gulni behuda uzganing uchun jazo beradi", "Agar ko'chada shomgacha o'ynasang buving hivchin bilan savalaydi" deb qo'rqitamiz yoki rostdan ham ular ko'magida "jazolaymiz".

Qadrli onalar, siz farzandlaringizni doimo bizni ko'rib turuvchi va har qanday yomonlikka aloqador ishlarga nisbatan qarshi bo'luvchi yagona va qudratli Allohdan hayo qilishni o'rgating,

Alloh doimo har joyda hatto hayolimizdagi fikrni ham bilishga qodir Alloh ekanligini tushuntiring. Chunki dadasidan yoki boshqa insondan qo'rqitsangiz, dadasi yo'qligida "meni ko'rmaydi" deb, ta'qiqlarni qilaveradilar.

Alloh esa, doimo ko'rib turadi va bola buni his qilib ulg'ayadi. Yaxshiliklarini va yomonliklarini yozib boruvchi farishtalar haqida ayting, hotirjam bo'ling, Alloh o'zi farzandlaringizni o'z panohida asraydi, in shaa Alloh.

Pediatr Nur Olimovna