Get Mystery Box with random crypto!

​​Qush uyasida ko'rganini qiladi. Qadrli onalar, bolangiz ku | Педиатр Нур Олимовна

​​Qush uyasida ko'rganini qiladi.


Qadrli onalar, bolangiz kundan kunga ulg'aymoqda...

Uning "nega?, nima uchun?, qanday?, qayerdan?" kabi savollari tobora ko'payib bormoqda. Hatto ba'zi savollariga javob berishga qiynalib ,har xil yolg'onlarni to'qishga to'g'ri kelyapti.

Masalan, bolangiz nega quyosh chiqadi, nega bulut yuradi yoki nega qush uchadi, deb savol bersa oddiygina qilib, "issiq bo'lishi uchun" yoki "qanoti bo'lgani uchun" deb javob bermasdan tabiat mo'jizalari qonuniyatlarini go'zal qilib, hatto rasmlardan ko'rsatib tushuntirsangiz, bolaning jajji tafakkuri ulkan ilm koniga aylanadi.

Bunday javob berish uchun esa kitob o'qishimiz kerak. So'z boyligimizni va ilmimizni turli kitoblar o'qib boyitishimiz kerak.

Qani aytingchi, oxirgi 3 oy ichida qaysi kitob yoki risola o'qidingiz?

Vaqtni , uy ishlarini bahona qilarsiz balki, lekin o'ylab ko'ring telefonda yoki qo'shni bilan gaplashib qancha vaqt sarflayapsiz.

Aziz onalar, sizning kitob o'qishingizni ko'rib ulg'aygan bolalar kitobga mehrli bo'lib o'sadi. Men bir oilani bilaman, ular kun bo'yi ishlab charchashgan vaqtda ham, shunchaki kitobni oqimasdan unga termilib kunda 1 soat o'tiradilar, bu faqat farzandlariga o'rnak bo'lish uchun.

Aziz onalar, bugun kitob do'koniga boring va bolalar tarbiyasi haqidagi kitoblardan sotib oling yoki audiokitoblarni telefoningizga o'rnating.
Zero, siz olim va olimalalarni dunyoga keltirgan onalarsiz!

Pediatr Nur Olimovna