Get Mystery Box with random crypto!

​​Bolalarning salomatlik garovi - yoz fasli! Yurtimizga mehri | Педиатр Нур Олимовна

​​Bolalarning salomatlik garovi - yoz fasli!

Yurtimizga mehribon, saxiy yoz fasli keldi. Hatto eng zaif bo'lgan bolalarning ham immunitetini kuchaytiruvchi fasldan foydalanib qolmagan ota-onalar juda katta xato qiladilar.

Havo, suv va quyosh eng kuchli tabiat "shifokorlari" dir. Keling aziz ota-onalar, dorilardan voz keching va davolashni tabiatga ishonib topshiring!

1. Ochiq havoda sayr qildiring.
Yozda eng maqbul vaqt soat 8.00 va 18.00 atrofida bolib yangi tug'ilgan chaqaloqlar 2-3 minutdan 30 minutgacha sayr qilishi mumkin, kattaroq bolalar bilan turli o'yinlar o'ynatish va badantarbiya mashqlarini oilaviy bajarish kerak.

2. Quyoshda toblaning.
Quyoshli toblanish asosan ko'lanka joyda amalga oshiriladi, lekin toblanish 20-25 °C da faqat 5 minutdan boshlab 10 minutga ko'tarish va toblanish albatta suv muolajasi bilan tugashi kerak bo'ladi.
Bunda suv harorati 6 oygacha bolalar uchun 30-35 °C, 1 yoshdan keyin 28-32°C bo'lishi kerak.

Bu toblanishda bolaning boshida oq bosh kiyim bo'lishi va badani yalang'och bo'lishi kerak.Yoz oylarida soat 9 dan 11 gacha quyoshda toblanish foydalidir.

3. Suv muolajalari. Suv muolajalari agar doimo bir vaqtda amalga oshirilsa, qon tomirlar va harorat markazi uchun juda foydalidir. Bolani eng ko'p salomat qiluvchi tabiat unsuri - bu suv. Ayniqsa dush, suv sochish va ochiq suv havzalarida tez-tez cho'milish markaziy asab sistemasini tinchlantiradi, uyquni me'yorlashtiradi.
Bunda 1-2 minutdan 10 minutgacha uzaytirish va tanani qizartirib artish juda foydalidir.

Aziz ota-onalar yozdan unumli foydalanib qoling!

Pediatr Nur Olimovna