Get Mystery Box with random crypto!

Педиатр Нур Олимовна

Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна П
Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна
Арна мекенжайы: @pediatr_nur
Санаттар: Денсаулық
Тіл: қазақ
Жазылушылар: 1.98K
Арнадан сипаттама

Ёш оилаларга бола парвариши хусусида педиатрдан маслаҳатлар.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Соңғы хабарлар 4

2022-07-25 21:16:23
Uy xarajatlari uchun kim ko'proq javobgar?
Anonymous Quiz
3%
Xotin
64%
Er
31%
Har ikkisi mas'ul
2%
Navbatlashib qilishi kerak
260 voters372 views18:16
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:12:56
Oilada vazifalar qanday ta'minlanishi kerak?
Anonymous Quiz
5%
Erkak faqat pul topishi, ayol faqat uy ishlari bilan band bo'lishi.
9%
Er va xotin teng huquqli bo'lishi kerak
83%
Er-xotin sharoitidan kelib chiqib bir-birini to'ldirishi kerak
3%
Xotin kishi ko'proq bola uchun javobgar
235 voters372 views18:12
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:10:40
Ideal er qanday bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
14%
Aqlli
82%
Oilaga g'amxo'r
2%
Kasbini sevuvchi
1%
Juda ko'p pul topishni xohlaydigan
235 voters358 views18:10
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:09:34
3. Ideal ona qanday bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
10%
Bolalari ozoda va doimo ovqati tayyor
3%
Atrofdagilar uni ideal deyishlariga erishish
84%
Bolalari bilan o'zaro ishonchni mustahkamlagan
2%
Bolalar onaning izmidan chiqmasligiga erishgan
229 voters353 views18:09
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:07:35
Ideal turmush o'rtoq - ayol - qanday bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
65%
Sabrli, mehribon
1%
Hamma muammoni o'zi hal qiluvchi
3%
Mustaqil va o'z maqsadlarini ustun qo'yuvchi
31%
Izlanuvchi, oila haqidagi kitoblarga tayanuvchi
233 voters355 views18:07
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:05:52
1. Baxtli oila qurish uchun nimalar muhim deb o'ylaysiz?
Anonymous Quiz
6%
Bolalar
4%
Moddiy mablag'
86%
Er-xotin bir-birini o'zaro tushunishi
5%
Erkinlik, mustaqillik
228 voters375 views18:05
Ашу / Түсініктеме
2022-07-25 21:02:21 Hurmatli obunachilar, ota-onalar!

"Bola ham odam" postinining keyingi sonlarini qo'yishdan oldin, oila tushunchasiga oydinlik kiritsak. Chunki shuncha ta'kidlashga qaramay, oilalarda parokandaliklar, ajrimlar uchrab turibdi. Ushbu sizga havola qilinayotgan anketani hamma sinab ko'rishi mumkin, hatto oila qurganlar ham, zero o'z fikrlaring ustida mulohaza yuritsalar...
389 views18:02
Ашу / Түсініктеме
2022-07-21 20:14:24 Qadrli obunachilar,

kanalimizdagi postlar sizlarga manzur bo'layotganidan xursandman va bundan keyin yanada aktual mavzularda o'z bilganlarimni ulashishga harakat qilaman.

Sizdan esa, kanalimizni boshqalarga ulashish va foydalanuvchilar sonini oshirishga yordam berishingizni so'rar edim.

Yuqoridagi postning davomini, obunachilarimiz 1300 taga yetganda, kanalga joylayman inshaalloh

Xurmat bilan,

Pediatr Nur Olimovna
486 views17:14
Ашу / Түсініктеме
2022-07-20 21:02:59 ​​Bola ham odam...(1-qism)

Qadrli onalar, bolani go'zal xulqli qilib tarbiyalash uchun bir necha maslahatlarga amal qilsangiz kifoya.

Tasavvur qiling, bir derazadan 3 xil inson tashqaridagi manzaraga qarab turibdi, birinchisi axlat uyumlarini ko'rdi, ikkinchi odam esa bulutli havoni ko'rdi, uchinchi odam esa go'zal kuz manzarasini ko'rdi.

Avvalgi ikki odam bu manzaraga befarq qarab turardi, uchinchi odam esa zavqlanib, sevib tomosha qildi.

Demak, 1- maslahat :
Bolalarimizga har qanday holda ham go'zal va ajoyib xilqatni ko'rgandek sevib yuzlanaylik.
Biz ham bola bo'lganmiz, biz ham to'polon qilganmiz, uyni kovlashtirib, narsalarni sindirganmiz, buzganmiz, xarxasha qilganmiz, yig'laganmiz.

Buni tabiiy hol deb hisoblang, chunki bola shu bilan bilmaganini kashf qiladi va bu harakatlar tagida doimo yaxshi niyat bor, siz faqat undan "nega unday qilding"deb so'rangchi, U "sizni ataylab ranjitish uchun qildim" dermikan?!

Yo'q, u sizga yordam bermoqchi, siz kabi harakat qilmoqchi yoki sizga o'xshamoqchi bo'ladi xolos.

2-maslahat :
Katta odamlarga aytish mumkin bo'lmagan barcha gaplarni bolalarga ham aytmang, chunki ular ham xafa bo'ladilar, nafratlanadilar, o'ziga ishonmay qo'yadilar. Bolalarning kattalardan farqi - ular sizga javob qaytarolmaydilar.
Masalan, bolaga "Hozir borib nima qilsam qilaman-a!" degan gapni qaynonangiz, turmush o'rtog'ingiz yoki boshlig'ingizga aytsangiz, nimalar bo'lishini bir tasavvur qilib ko'ringchi?!

Bolalarni zaifligidan foydalanib, insofsizlik qilish kerak emas.

Pediatr Nur Olimovna
47 viewsedited  18:02
Ашу / Түсініктеме
2022-07-14 15:54:14 ​​Qadrli onalar,

bolalar tarbiyasi haqidagi maslahatlarni boshlaymiz.

Aytingchi, bolangiz sizni juda g'azablantirganda qanday so'kishlarni ishlatasiz?Uyalmang, keling bir boshdan sanaylik: "ahmoq, eshshak, it, rasvo, maraz, landovur, hayvon, jinni, ... "

Sanasam tugamaydi.

Tahdidlarni sanayman: "O'lgur, joning chiqqur, harom o'lgur, ...".
Afsus, davom ettirolmayman.

Qani aytingchi, bu bola kimniki, bu bolaning tanasidagi a'zolari, hujayralari, qoni kimniki bilan bir xil?

Diqqat bilan qarang, uning ko'zlari sizning onangizga o'xshaydi, burni otangizga, sochi qaynotangizga, rangi turmush o'rtog'ingizga, qo'yingki, aziz insonlaringiz bu bolaga nasliy genlarini bergan,
u sizning hujayralaringizdan tashkil topgan.

Endi tafakkur qiling, siz kimni yoki kimlarni haqorat qilyapsiz, kimga qo'l ko'taryapsiz?

Alloh yo'q narsadan sizga ne'mat ato qildi va uni omonat o'laroq berdi. Omonatlarni qay darajada saqlayapsiz, onalar?
Aytishingiz mumkin, hayotda bolaga ma'lum chegara qo'yish kerak deb. Odob-axloq chegarasiz bo'lmaydi, lekin chegaralarni o'rgatishda hotirjam, muloyim misollar bilan tushuntirish mumkinku?!

Onangiz sizni qattiqqo'llik bilan katta qilgani uchun bolangiz aybdor emasku?!

Onalar, "Bolajonim" deb murojat qiling, "siz" deb murojat qiling, chunki bu aynan o'zingizga nisbatan munosabatdir.

Pediatr Nur Olimovna
271 viewsedited  12:54
Ашу / Түсініктеме