Get Mystery Box with random crypto!

​​Bola o'z tana a'zolari haqida bilishi kerak. Har bir ota-o | Педиатр Нур Олимовна

​​Bola o'z tana a'zolari haqida bilishi kerak.


Har bir ota-ona, bolaga uning tana a'zolari haqida ma'lumotlarni berishi, kasallik haqida to'g'ri tushuntirishi bolaning erta va muvaffaqiyatli tuzalishining garovidir.

Tadqiqotlarga ko'ra, bolalar o'zlaridagi og'riqlarga nisbatan juda havotirda bo'ladilar va doimo "o'lim" tushunchasi haqida noto'g'ri o'ylaydilar.

4-5 yoshli bolalar oyoq-qo'llarni faqat yuvish uchun kerak deb hisoblaydilar, ular yurak eng muhim a'zo deb hisoblaydilar. Maktab o'quvchilari esa tana a'zolari ichida miya muhim deb hisoblaydilar.

Shunday ekan aziz onalar, farzandlaringizga o'z tana a'zolari va kasalliklar haqida sodda qilib tushuntirib boring, bu ularni nafaqat kasalliklarning oldini olish, balki yengishi uchun ham juda foydalidir.

Pediatr Nur Olimovna