Get Mystery Box with random crypto!

Педиатр Нур Олимовна

Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна П
Telegram арнасының логотипі pediatr_nur — Педиатр Нур Олимовна
Арна мекенжайы: @pediatr_nur
Санаттар: Денсаулық
Тіл: қазақ
Жазылушылар: 1.98K
Арнадан сипаттама

Ёш оилаларга бола парвариши хусусида педиатрдан маслаҳатлар.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Соңғы хабарлар 6

2022-05-26 18:46:17 ​​Bolalarning bo'g'imlari nega og'riydi?

Ko'pincha, bolalar "oyog'im" deb yig'lashadi, bog'im sohasini ko'rsatib, hatto yura olmay qoladilar. Bunday bolalar o'ta asabiy, ta'sirchan, uyqusi buzilgan bo'ladi.
Vaholanki, aksariyat bunday bolalar haqiqiy vunderkind bo'ladi.

Ho'sh bu qanday bolalar?

Bunday bolalarda uchrovchi muammo diatezning asab-bog'im turi bo'lib, asosan ularning oilasida siydik-tosh, o't-tosh va bog'iim kasalliklari bor qarindoshlari bo'ladi.

Asosan, ona homiladorlik davrida oqsil mahsulotlarni juda ko'p yegan bo'ladi yoki bolaga oqsilni ko'p beradi. Bu oqsillar hayvon go'shtlari bo'lib, bolaninng qonida va siydigida uratlar(go'sht parchalanish mahsuloti) ko'payib ketadi.

Bola vazn kam qo'shadi yoki semiradi, ishtahasi bo'lmaydi, limfa tugunlar kattalashadi, ba'zan isitma chiqadi va hidlarga sezgir bo'ladi. Bolada turli asab muammolari, shu jumladan, tungi siyib qo'yish ko'p uchraydi, mayda va yirik bo'g'imlari og'riydi, siyishda muammolar bo'ldi.

Buni aniqlash uchun qon va siydik tahlili qilinadi. Tahlilda, qonda giperurikemia, siydikda urat va fosfat tuzlari ko'paygan chiqishi kerak. Bolani davolash uchun suyakli sho'rvani, mol, baliq mahsulotlarini, konditer mahsulotlarini chegaralashimiz kerak bo'ladi.

Ayniqsa, o'zida purinni ko'p tutuvchi shokolad va kofeni qat'iy chegaralash darkor. Bolaga meva-sabzavotlar va sut-qatiq mahsulotlari berishimiz kerak.

Doimo bolaning kayfiyatini baland bo'lishiga harakat qilishimiz lozim.

Pediatr Nur Olimovna
2.2K viewsedited  15:46
Ашу / Түсініктеме
2022-05-19 20:30:14
2.2K views17:30
Ашу / Түсініктеме
2022-05-19 20:24:24 Aldagani bola yaxshimi?

Bolalar uchun eng ishonchli posbon, doimo xavfning oldini oluvchi sifatida tanilgan shaxs - bu onadir. Bola, xatto, onasi so'ksa ham ona bag'riga intiladi.

"Men sen bilan birgaman" degan so'zlarni ko'p aytuvchi onalarning farzandlari irodali va ma'suliyatli bo'lib o'sadilar.

Afsuski,

onalarning o'zi "Duxtirga bervoraman", "Ana alvasti kelyapti", "Qulog'ingni kesaman" kabi po'pisalar qilishi juda achinarli holdir.

Qadri onalar, bir o'ylab ko'ringchi, dunyodagi eng ishongani mehriboni shunday desa, yolg'on aytishni o'rgatsa, kelajakda bu bola rostgo'y bo'lib o'sishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Yana "Sen yolg'on gapirishni kimdan o'rganding?" deb malomat ham qiladilar-a...

Pediatr Nur Olimovna
2.3K viewsedited  17:24
Ашу / Түсініктеме
2022-05-14 16:36:44 Bolangizni telefon o'yinlari qahramonlari tarbiyalashiga yo`l qo'ymang!

Bugungi kunda ota-onalar uchun eng ma'qul “enaga” - telefon - borgan sari hayotimizga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Albatta, ota-onalarga 3-4 yoshli bolalarini xarxasha qilmasdan soatlab telefon bilan vaqt o'tkazishi yoqib tushmoqda

Ular bolalari ko'cha changitib yurmaganidan, to'polon qilmaganidan o'zlarini hotirjam sezmoqdalar.

Lekin, ular bolalarining ruhiy va jismoniy salomatligi jar yoqasida turganini, afsuski, bilmaydilar. Kuni kecha bir tanishim 3 yoshli farzandining turli noodatiy harakatlar qilishidan shikoyat qildi.

Uning aytishicha, bola to'satdan qichqirib yuboradigan, ko'zlarini olazarak qilib, bir nuqtaga tikilib, beixtiyor siyib yuborayotganini aytdi. Tunlari uyqusi buzilib, besabab alahlashni odat qilibdi.

Onaning aytishicha, bola bir kunda 5 soat telefon bilan mashg'ul bo'lar ekan.Telefonni olib qo'yishganda esa talvasalar boshlanib, keyinchalik talvasalar har qanday salbiy muomaladan so'ng bo'ladigan bo'libdi. Bola qaysar, berahm va odamovi bo'lib qolibdi.

Yuqoridagi bolaning ahvoli har birimizning farzandimizda bo'lishi mumkin, chunki bola telefondagi voqealarni haqiqiy deb qabul qiladi, ularga achinadi, ular uchun havotir oladi, tashqi olam, ona mehri, atrofdagi voqealar uning asabini qaqshatadi.

Oqibatda, fotosensitiv talvasalar boshlanadi. Bu ruhiyatga zarbalarning eng kuchligidir, zero bolangizni ko'z oldingizda ruhiy kasal bo'layotgani haqida tafakkur qiling, ular bilan vaqt o'tkazishga erinmang, bolani kitobga, tabiatga, jismoniy o'yinlarga qiziqtiring, chunki ruhiy kasallik nogironlikka olib keladi.

Pediatr Nur Olimovna
2.6K views13:36
Ашу / Түсініктеме
2022-05-05 17:46:15 ​​Bolaning og'zigа yaralar nega toshadi?

Mana shu kunlarda eng ko'p uchrayotgan isitma holatlari va ovqatdan bosh tortish og'iz ichidagi yaralar tufayli bo'lmoqda. Bola o'ta injiq bo'ladi, uyqusi buziladi va ovqat yemay qo'yadi, chanqash kuchayadi va bola og'iz sohasida og'riqlar borligini ba'zan ishoralar bilan tushuntirishga harakat qiladi.

Bu yaralar gerpes virusi chaqirgan stomatit bolib, 1 yoshdan 3 yoshgacha ko'p uchraydi. Bolaning qo'lini tez-tez yuvmaslik va o'yinchoqlarni kir holatga og'izga solish tufayli asosan bolaning immun tizimi sustlashgan paytda muloqot va havo tomchi yo'li bilan yuqadi.

Yaralar pufakchalar yorilishi, ba'zan yiringlashi natijasida paydo bo'lib, ular bolaning og'zidan nohush hid kelishi, ko'p so'lak ajralishi, lab va lunj sohasining shishishiga olib keladi. Isitma 38-39°C gacha ko'tariladi va yaralar og'iz atrofiga ham tosha boshlaydi.

Agar boshlanishi bilan davo qilinsa, tez tuzalib ketadi, aks holda tuzalish oylab davom etadi. Bunday holatda uy sharoitida turli davo qilishga shoshilmang, hatto antibiotiklar ham zararli bo'lishi mumkin.

Bu kasallik virusga qarshi davo qilish va og'izni tez-tez chayqash bilan bartaraf bo'ladi.

Darhol shifokorga uchrang, aks holda kuchli isitma bolaning ahvolini og'irlashtirishi mumkin.

Pediatr Nur Olimovna
2.6K viewsPediatr Nur Olimovna, edited  14:46
Ашу / Түсініктеме
2022-04-29 19:29:48 ​​Raxit kasalligi qanday boshlanadi?

Qadrli onalar!

Farzand parvarishi kabi sharafli ishni sidqidildan bajarayotgan jonkuyarlar...Bugun sizlar bilan bola uchun juda xavfli bo'lgan raxit kasalligining boshlang'ich belgilari haqida gaplashamiz.

Raxit kasalligi bu vitamin D yetishmasligi natijasida suyaklanish jarayonining buzilishi bilan kechadigan, asosan erta yoshli bolalarda uchrovchi kasallikdir. Bu kasallik parvarishning yetarli bo'lmasligidan, bolani toza havoga kam olib chiqilishidan, ovqatlantirishdagi bilimsizlikdan, onaning kamqonligi tufayli kelib chiqadi.

Asosan, kalsiy va fosfor moddalarining so'rilishi izdan chiqishi tufayli bolalarda 3 oydan boshlanuvchi bezovtalik, injiqlik, ko'p terlash, shovqin va kuchli yorug'likdan qo'rqish, terida qichishish bilan boshlanadi.

Bolaning uyqusi buziladi va ter,siydikdan achqimtir hid keladi. Bola yostiqqa boshini ishqashi natijasida orqa sochlari to'kilib ketadi. Keyinchalik bosh shaklining qiyshayishi, tishlarning kech chiqishi, kech o'tirish va kech yurish kuzatiladi.

Davolanmagan raxit kasalligi bolada nogironlikka olib keluvchi suyak va mushak muammolari bilan davom etadi. Shularni bilgan holda bolangizda ushbu belgilardan biri kuzatilsa, darhol pediatrga uchrashingiz foydadan holi bo'lmaydi degan umiddaman...

Pediatr Nur Olimovna
2.4K viewsPediatr Nur Olimovna, edited  16:29
Ашу / Түсініктеме
2022-04-22 19:45:44 Qadrli onalar, yuqorida sizlar bilan onalar depressiyasi haqida gaplashgan edik. Men sizlarga depressiyani aniqlovchi savolnomani taqdim qilar ekanman, bu savolnomaga javob berishdan oldin yaxshilab o'ylab ko'ring.

O'zingiz uchun eng maqbul javobni belgilang, agarda sizda 21 balldan yuqori ko'rsatkich aniqlansa, unutmang sizga yordam kerak! Sizdagi holatni davolash kerak, siz albatta oilaviy shifokorga uchrang, ularga onalar depressiyasida qanday yordam berish yo'llari o'rgatilagan.

Unutmang sizdagi holat farzandingiz uchun xavf solishi mumkin.

Pediatr Nur Olimovna
2.3K viewsPediatr Nur Olimovna, edited  16:45
Ашу / Түсініктеме
2022-04-17 20:41:29 ​​Tug’ruqdan keyingi depressiya – bu bola tug’ilgandan so’ng ayollarda yuzaga keladigan, tushkunlik, xavotir, va o’z vazifasini bajara olmaslik bilan namoyon bo’ladigan ruhiy o’zgarishdir.

Bunday holat tug’ruqdan keyin ayollarning 10-15% ida uchraydi va ushbu holat ona va bolaning sog’lig’iga salbiy ta’sir etadi. Bunda dastlabki sabablar quyidagi omillarda namoyon bo’ladi: tug’ruq vaqtidagi og’riq, er-xotin o’rtasidagi tushunmovchilik, janjallar, qaynona-kelin munosabatlari;

iqtisodiy muammolar: chaqaloqning va onaning ehtiyojlarini ta’minlay olmaslik, homiladorliklar orasidagi muddatning qisqaligi, onaning ham jismonan ham ruhan zo’riqishi, istalmagan homiladorlik, abort qilinishi bilan bog’liq holatlar...

Bunda onada chuqur tashvish, chuqur qayg’u, bosh og’rishi, tez-tez ko’z yoshi to’kishlar, bolani parvarish qila olmaslik hissi, aybdorlik, vahima hurujlari, stress va asabiylashish, charchoq va xolsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, uyqu buzilishi, jinsiy maylning pasayishi, umidsizlik hissi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta'sir qiladi.

Aziz onalar, sizda ushbu belgilar bo'lsa darhol oila shifokori bilan maslahatlashing. Sizda depressiya bor yoki yo'qligini "Edinburg shkalasi" orqali keyingi postlarimizda albatta aniqlashni o'rganamiz.

Pediatr Nur Olimovna
2.9K viewsPediatr Nur Olimovna, edited  17:41
Ашу / Түсініктеме
2022-04-13 06:44:44 ​​Bolalar shifokori qanday bo'lishi kerak?

Yaqinda bir tanish onalardan biri o'zining farzandining shifokorini maqtab qoldi. Uning aytayotgan tavsiflari aynan bolalar shifokorining sifatlariga to'g'ri kelganidan to'g'risi quvonib ketdim va bolalar shifokorining sifatlarini siz bilan o'rtoqlashgim keldi..

Shifokor bolani ko'rishdan oldin va keyin qo'lini yuvishi kerak.
U ota-ona bilan jiddiy, e'tibor bilan va muloyim suhbatlashishi kerak.
Bolaning kasalligi haqida va hayoti haqida erinmay savol-javob qilishi kerak, bolaning oila shajarasini kasalliklarni so'ragan holda tuzib chiqishi kerak.

Shifokor bolaning kasalligi haqidagi tahminlarini, uning prognozi haqida ota-onaga aytish shart emas, lekin ota-onaga umumiy tushunchani aniq va lo'nda bayon etishi kerak.

Bolaning ahvolining jiddiyligi haqida onaga aytish kerak emas, boshqa oila a'zolariga aytishi va yaxshi niyatlarni bayon qilishi kerak, lekin yaxshi yakun haqida va'da bermaslik kerak.

Hech qachon dorilarni o'z manfaati yo'lida buyurmaslik, bolaga zararli yoki keraksiz dorini va ataylab qimmatini buyurish kerak emas, dorilar aynan nimagaligini va uni berish tartibini onaga erinmay tushuntirishi kerak.

Oiladagi ruhiy muammolarni bartaraf qilishi, o'smirlar bilan holi, dildan gaplashish, bola tarbiyasi va ovqatlanishi haqida o'ta nazokat bilan maslahat berish kerak.

Hech qachon ota-onaga g'azab qilishi kerak emas, hatto ular nohaq bo'lsa ham. Bolani ko'rik qilish vaqtida uning kiyimlarini maqtash va erkalatish kerak.

Bolalar shifokorining butun borlig'i faqat yaxshilik qilishga qaratilishi kerak, chunki u davolagan bola yana 50-80 yil yaxshilik ulashsa, shifokorga ajr-u savob yoziladi, inshaalloh .

Pediatr Nur Olimovna
3.9K viewsPediatr Nur Olimovna, edited  03:44
Ашу / Түсініктеме