Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli kuzatuvchilar , kirib kelayotgan Qurbon hayiti ayyoming | Педиатр Нур Олимовна

Qadrli kuzatuvchilar , kirib kelayotgan Qurbon hayiti ayyomingiz bilan tabriklayman.

Yuqoridagi anonim savollarni berishimdan maqsad, eng sharafli bo'lgan bola tarbiyasi
haqida o'rtoqlashmoqchiman.

Bizning har bir qilgan xatolarimiz bolaning ruhiyatida aks etadi.
Yaqinda ko'p qavatli uylarning o'yin maydonchasida bir 3 yoshlar chamasi shiringina qizaloq bilan uning onasini kuzatdim. Ona bolani mahkam quchoqlab suyib erkalatar, hatto bolaning yuzlari qizarib ketsa-da, bola indamay turardi. Bir zumdan so'ng bir talay qizchalar keldi, ular ham "muncha shirin" deya o'pa ketishdi.

Bola esa...hatto yig'lashni ham unutgandek.

Qadrli onalar, tashqaridan qaraganda bu oddiy holdek ko'rinadi. Lekin, bola yuqoridagi holatlar natijasida, o'z tanasiga nisbatan "egalik" hissidan nari bo'lib o'sadi, begonalar unga dahl qilishidan g'ashlanmaydi.

Avvallari, qari buvilarimiz bolaning boshini silab o'zlarining qo'lini o'pishardi yoki ota-ona bolasini kattalar yonida erkalatishdan andisha qilar edilar.
To'g'ri, "u mening bolam, men uni erkalatishim foydali" dersiz, lekin 3-4 yoshli bolaga "seni o'psam maylimi yoki seni bag'rimga bossam maylimi?" deb so'rashingiz unga bo'lgan mehringizni izohlash bilan birga uning tanasi uning mahramiyati ekanligini anglatib boradi.

Shu tariqa, boshqalardan ham ruxsat so'rashni yoki "yo'q" deyishni o'rganadilar...

Sizning bu haqida fikringiz qanday, izohlarda yozib qoldirsangiz xursand bo'lar edim .

Pediatr Nur Olimovna