Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktab zo'ravonligi nima? Assalomu alaykum qadrli obunachi | Педиатр Нур Олимовна

​​Maktab zo'ravonligi nima?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar,

mana maktab boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi, farzandlaringizga maktab uchun kerakli buyumlarni xarid qilar ekansiz, 4-sinf yoki 7-sinf farzandingiz negadir maktabga borishni xohlamagandek tuyuldi, hatto men "maktabni yomon ko'raman" deb sizni hayron qoldirdi.

Bu bolangiz maktab zo'ravonligiga uchraganining belgisi bo'lishi mumkin. Maktab zo'ravonligi hamma davrlarda ham ro'y bergan holat hisoblanib, asosan jismoniy kuchsiz va qo'rqoq bo'lgan bolalar duchor bo'ladilar.

Maktab zo'ravonligida asosan 3 toifa bola bo'ladi, 1-zo'ravon, 2- jabrdiyda, 3-kuzatuvchi.

Zo'ravonlar doimo kuchsizlarga laqab qo'yadilar, ularga tahdid qiladilar va ba'zan pul talab qiladilar, kuchsizlar bu vaqtda umri davomidagi barcha muvaffaqiyatsizliklarning sababi bo'luvchi depressiyani orttirib oladilar, eng achinarlisi kuzatuvchi deb atalgan guruh bu noma'qulchiliklarga barham bera olmagani uchun ruhan eziladilar.

Ho'sh, bu holatning oldini olish kimning vazifasi, albatta maktabdagi ustozlar, psixologlar, ma'muriyat maxsus programmalar ishlab chiqishi kerak, lekin bu hamma maktabda bormikin?

Avvalo, ota-ona bu holatni tekshirib turishi kerak, maktabga tez-tez borib turishi kerak, ayniqsa otalar...

Bolaning yaqin do'stlarini uyingizga taklif qilib turishingiz kerak. Bolani sport to'garaklariga yoki o'quv kurslariga berish kerak, eng muhimi bola bilan do'st bo'lish kerakki, u sizga maktabdagi voqealarni sizga ayta olsin, ayniqsa dadalar bunga e'tibor berishi kerak bo'ladi.

Bolani turli zo'ravonliklarga uchrashi mumkinligini unutmang.

Pediatr Nur Olimovna