Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Tungi enurezning eng katta sabablaridan biri burundagi yok | Педиатр Нур Олимовна

​​​​Tungi enurezning eng katta sabablaridan biri burundagi yoki halqumdagi muammolar bo'lishi mumkin.

Tungi enurez kasalligi hozirgi vaqtda dolzarb muammolardan biridir. Chunki bolalar ko'p vaqt tagliklarda yurishib, onalar bolani tuvakka o'tqazishga biroz sovuqqonlik bilan qaramoqdalar.

Bolaga berilayotgan turli gadjetlar esa bolaning bosh miyasida siydik pufagi bilan bo'luvchi bog'liqlikning buzilishiga sabab bo'lmoqda.

Ayniqsa, onalarning bolalarga nisbatan negativ munosabati bola hatto o'smir yoshga yetguncha ham bu muammoning davom etishiga va bolada ruhiy tushkunlikning kuchayishiga olib kelmoqda.

Onalar bolada o'ziga nisbatan ishonch bo'lishi uchun kurashmasdan ularga achinish va ba'zan achchiqlanish holatlarini oshkor qiladilar.

Menga shikoyat qilib kelgan onalarga ularning bolani bag'riga har kuni bosib, unga ishonishlarini aytishi va ularni bu yo'lda qo'llab quvvatlashi juda foyda bergan, hatto bu holat yaxshi natija berganidan hayron ham bo'lganlar va bolalarni uzoq yillar mobaynida jazolaganliklari uchun afsus chekkanlar, hatto bir ona to'shakni ho'llab qoygan farzandini qorong'u xonaga qamab qoyganini eslab yig'lagan.

Yana shuni ta'kidlash kerakki, aksariyat tungi enurezi bor oilalarda er va xotin munosabatlarida doimo muammo boladi yoki bola ukalari yoki akalari, opalari bilan doimo taqqoslanadi.

Qadrli ota-onalar, agar farzandingizda tungi enurez muammosi bo'lsa, og'iz va burun bo'shliqlarini tekshirtiring, chunki kislorod bilan miya yaxshi ta'minlanmasa, bola charchab qattiq uyquga ketadi

Eng muhimi unga ishoning va tez-tez bag'ringizga bosing.

Pediatr Nur Olimovna