Get Mystery Box with random crypto!

​​Bolalarning bo'g'imlari nega og'riydi? Ko'pincha, bolalar | Педиатр Нур Олимовна

​​Bolalarning bo'g'imlari nega og'riydi?

Ko'pincha, bolalar "oyog'im" deb yig'lashadi, bog'im sohasini ko'rsatib, hatto yura olmay qoladilar. Bunday bolalar o'ta asabiy, ta'sirchan, uyqusi buzilgan bo'ladi.
Vaholanki, aksariyat bunday bolalar haqiqiy vunderkind bo'ladi.

Ho'sh bu qanday bolalar?

Bunday bolalarda uchrovchi muammo diatezning asab-bog'im turi bo'lib, asosan ularning oilasida siydik-tosh, o't-tosh va bog'iim kasalliklari bor qarindoshlari bo'ladi.

Asosan, ona homiladorlik davrida oqsil mahsulotlarni juda ko'p yegan bo'ladi yoki bolaga oqsilni ko'p beradi. Bu oqsillar hayvon go'shtlari bo'lib, bolaninng qonida va siydigida uratlar(go'sht parchalanish mahsuloti) ko'payib ketadi.

Bola vazn kam qo'shadi yoki semiradi, ishtahasi bo'lmaydi, limfa tugunlar kattalashadi, ba'zan isitma chiqadi va hidlarga sezgir bo'ladi. Bolada turli asab muammolari, shu jumladan, tungi siyib qo'yish ko'p uchraydi, mayda va yirik bo'g'imlari og'riydi, siyishda muammolar bo'ldi.

Buni aniqlash uchun qon va siydik tahlili qilinadi. Tahlilda, qonda giperurikemia, siydikda urat va fosfat tuzlari ko'paygan chiqishi kerak. Bolani davolash uchun suyakli sho'rvani, mol, baliq mahsulotlarini, konditer mahsulotlarini chegaralashimiz kerak bo'ladi.

Ayniqsa, o'zida purinni ko'p tutuvchi shokolad va kofeni qat'iy chegaralash darkor. Bolaga meva-sabzavotlar va sut-qatiq mahsulotlari berishimiz kerak.

Doimo bolaning kayfiyatini baland bo'lishiga harakat qilishimiz lozim.

Pediatr Nur Olimovna