2022-10-07 09:13:16
Mamlakatimizda
IT-taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini,
“Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi zamirida ishtirokchilarni
rag‘batlantirishga ajratilayotgan
mablag‘ miqdori hamda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Xabaringiz bor,
davlatimiz rahbarining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida “Bir million dasturchilar” loyihasini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olingan edi.
Loyihaning 3 yillik faoliyati davomida:
O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida
10dan ziyod tanlovlar o‘tkazilib, ular g‘oliblariga jami
102 ming AQSH dollari (1,1 mlrd. so‘m) miqdorida sovg‘alar topshirildi;
2021 yilda eng yuqori natija ko‘rsatgan 2 ta umumtaʼlim
maktablari direktorlariga «Spark» rusumli avtoulovlar hamda ushbu maktablar jamoalariga
noutbuk va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi;
Har yili eng munosib deb topilgan
100 nafar (3 yilda jami 300 nafar)
informatika fani o‘qituvchilariga BHMning 20 barobari miqdorida bir martalik mukofot pullari va sertifikatlar taqdim etildi (
jami 1,5 mlrd. so‘m);
Loyihaning 3 yillik sarhisobi natijalariga ko‘ra,
10ga yaqin nominatsiyalar g‘oliblariga jami 2,5 mlrd. so‘mlik sovg‘alar berildi (“Coursera online” platformasida o‘qishga
1000 dan ortiq sertifikat, Smart sinflar, noutbuk va boshqa sovg‘alar);
BAA tomonidan “Bir million o‘zbek dasturchilari” platformasi hamda
loyihani boshqarish uchun 450 ming AQSH dollari (qariyb 5 mlrd. so‘m) miqdorida investitsiya kiritildi;
Hududlarda xokimlar tashabbuslari bilan turli tanlovlar o‘tkazilib, munosib bo‘lgan
o‘quvchi va o‘qituvchilar ko‘plab sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Ushbu loyiha yurtimizda IT-taʼlimini rivojlantirish hamda
yoshlarni dasturlash sohasiga qiziqtirishga katta turtki berib, minglab yoshlar kelajakda
yetuk mutaxassis bo‘lishga birinchi qadamlar qo‘yishdi.
Bularning barchasi
mamlakatimizda IT-taʼlimiga bo‘lgan eʼtiborning yuqoriligidan dalolat beradi!
https://t.me/rkarimjonov
24 views06:13