Get Mystery Box with random crypto!

Mamlakatimizda IT-taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qara | ҚР ПЕДАГОГИКАЛЫҚ ОРАЙ ЖАҢАЛЫҚЛАРЫ

Mamlakatimizda IT-taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini, “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi zamirida ishtirokchilarni rag‘batlantirishga ajratilayotgan mablag‘ miqdori hamda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida “Bir million dasturchilar” loyihasini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olingan edi.

Loyihaning 3 yillik faoliyati davomida:

O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida 10dan ziyod tanlovlar o‘tkazilib, ular g‘oliblariga jami 102 ming AQSH dollari (1,1 mlrd. so‘m) miqdorida sovg‘alar topshirildi;

2021 yilda eng yuqori natija ko‘rsatgan 2 ta umumtaʼlim maktablari direktorlariga «Spark» rusumli avtoulovlar hamda ushbu maktablar jamoalariga noutbuk va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi;

Har yili eng munosib deb topilgan 100 nafar (3 yilda jami 300 nafar) informatika fani o‘qituvchilariga BHMning 20 barobari miqdorida bir martalik mukofot pullari va sertifikatlar taqdim etildi (jami 1,5 mlrd. so‘m);

Loyihaning 3 yillik sarhisobi natijalariga ko‘ra, 10ga yaqin nominatsiyalar g‘oliblariga jami 2,5 mlrd. so‘mlik sovg‘alar berildi (“Coursera online” platformasida o‘qishga 1000 dan ortiq sertifikat, Smart sinflar, noutbuk va boshqa sovg‘alar);

BAA tomonidan “Bir million o‘zbek dasturchilari” platformasi hamda loyihani boshqarish uchun 450 ming AQSH dollari (qariyb 5 mlrd. so‘m) miqdorida investitsiya kiritildi;

Hududlarda xokimlar tashabbuslari bilan turli tanlovlar o‘tkazilib, munosib bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilar ko‘plab sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ushbu loyiha yurtimizda IT-taʼlimini rivojlantirish hamda yoshlarni dasturlash sohasiga qiziqtirishga katta turtki berib, minglab yoshlar kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishga birinchi qadamlar qo‘yishdi.

Bularning barchasi mamlakatimizda IT-taʼlimiga bo‘lgan eʼtiborning yuqoriligidan dalolat beradi!

https://t.me/rkarimjonov