Get Mystery Box with random crypto!

Odam papilloma virusi – terida papilloma va so’gal keltirib c | БЕПУШТЛИКНИ ДАВОЛАШ (Инсеминация, ЭКО)

Odam papilloma virusi

– terida papilloma va so’gal keltirib chiqaruvchi virus. Ichki azolar (ovoz boylamlari, siydik qopi)da ham yuzaga kelishi mumkin. Ayollarda erkaklarga nisbatan koproq uchraydi. Hozirda 100 ga yaqin turi aniqlangan, guruhlarga bo’lish mumkin. - Kam havf guruhi (6, 11 tipdagi viruslar) - Yuqori havf guruhi (16, 18, 31, 33, 35 tipdagi viruslar) bachadon bo’yni saratoniga olib keladi.

SABABLARI:

Virus teri yoki shilliq qavat bilan kontaktda yuzaga keladi. Kelib chiqishiga tasir etuvchi faktorlar: - Kuchsizlangan immunitet - Alkogol istemol qilish - Oshqozon-ichak yo’li kasalliklari

BELGILARI:

- Turli hajmdagi so’gal va papillomalar hosil bolishi - Kondilomalar hosil bo’lishi – so’galsimon pushti rang hosilalar (jinsiy a’zolar, anal teshigi atrofida hosil boladi) - Jinsiy azolar sohasida og’riq, achishish hissi - Chov sohasi limfa tugunlari kattalashishi Kasallik belgisiz kechishi bilan shifokorga qiyinchilik tug’diradi, ya’ni virus teridan ajralmaydi, chunki u teri va shilliq qavatlar chuqur qavatlarida bo’ladi.

DIAGNOSTIKA:

- Sitologik tekshiruv - PSR diagnostika - Biopsiya

DAVOLASH:

Venerolog, ginekolog va proktolog korigi. - Hosilalarni lazer bilan olish - Elektrokoagulyatsiya - Interferon blokadalar - Radioto’lqin bilan olib tashlash - 16, 18-tip papillomalarni davolab bo’lmaydi.

ASORATLARI

- Ayollarda – bachadon bo’yni saratoni - Erkaklarda – jinsiy azo saratoni

HAVF GURUHI

- Erta jinsiy hayot boshlaganlar - Tez-tez jinsiy partnerlarni ozgartiruvchilar

PROFILAKTIKA

- Gardasil bilan vaksinatsiya - Immunitetni kuchaytirish