Get Mystery Box with random crypto!

#СЎРАГАН_ЭДИНГИЗ Progesteron yetishmovchiligi Bepushtlikni | БЕПУШТЛИКНИ ДАВОЛАШ (Инсеминация, ЭКО)

#СЎРАГАН_ЭДИНГИЗ

Progesteron yetishmovchiligi

Bepushtlikni keng tarqalgan sabablaridan biri - bu ayol organizmida progesteron gormonining yetishmovchiligidir. 

Progesteron gormoni nima?

Hayz siklini 3ga bo'lib chiqamiz.

1 - follikulyar davr. Bunda ayol tuxumdonida follikula rivojlanadi.

2 - ovulyasiya davri. Birinchi qismda kerakligicha rivojlangan follikula yorilib, undan urug'lanish maqsadida tuxum ajralib chiqadi, ya'ni ovulyasiya yuz beradi.

3 - lyutein yoki sariq tanacha davri. Bunda ikkinchi qism yakunlangan bo'lib, follikuladan tuxum ajralib chiqqach, u yerda sariq tanacha hosil bo'ladi. Ushbu sariq tanacha urug'langan tuxumni bachadonga o'rnashi uchun va bunga bachadon devorlari tayyor bo'lishi uchun estrogen va progesteron gormonlarini ishlab chiqaradi. Bu davr normada 12-14 kun davom etadi.

Agar tuxum urug'lanmasa, 12-14 kun o'tgach sariq tanacha nobud bo'ladi va keyingi hayz sikli boshlanadi.

Demakki, progesteron gormoni urug'langan tuxumni bachadonga o'rnashib homiladorlikning ilk 12 haftasida to'g'ri rivojlanishi uchun talab etiladigan muhim gormondir.

Progesteron gormonining vazifasi nimada?

Tuxum spermatozoid bilan urug'langandan so'ng, u bachadon tomon harakatlanishi va bachadon devorlariga o'rnashib olishi kerak. Buning uchun bachadon devorlari progesteron va estrogen gormonlari yordamida o'z kimyoviy va jismoniy holatini o'zgartiradi va urug'langan tuxumni ushlab oladi.

Bachadon devorlariga joylashib olgan urug'langan tuxum to'xtamay rivojlanishi uchun ham progesteron gormoni talab etiladi. Homiladorlikning 12 haftasiga qadar aynan progesteron gormoni homilani rivojlanishini ta'minlaydi. 

Progesteron yetishmovchiligi homila nobud bo'lishiga, homila tushishiga olib kelishi mumkin.

Progesteron yetishmovchiligi borligiga shubha qildiruvchi alomatlar?

Hayz sikli buzilganligi;
Bepushtlik;
Homiladorlikning ilk 12 haftaligida homilaning takroran tushishi yoki nobud bo'lishi; 
Husnbuzarlarning keskin ko'payishi;
Jinsiy sovuqqonlik;
Vaznning keskin ortishi.

Progesteron yetishmovchiligi qanday aniqlanadi?

Ginekolog hayz siklining aniq kunlarida ayol qoni tarkibidagi progesteron miqdorini aniqlaydi. Progesteron yetishmovchiligi aniqlansa, ovulyasiya davridan boshlab progesteron gormonini qoplovchi dori-vositalar qo'llaniladi. 

Muhimi, progesteron yetishmovchiligining asl sababini bilish kerak. Tuxumdondagi o'simta (kista), ayol organizmida androgen miqdorining ko'payishi, endometrioz, mioma va boshqa endokrin-ginekologik kasalliklar progesteron yetishmovchiligiga sababchi bo'lishi mumkin.