Get Mystery Box with random crypto!

#СЎРАГАН_ЭДИНГИЗ Homiladorlikdan so'ng qorindagi izlarni uy | БЕПУШТЛИКНИ ДАВОЛАШ (Инсеминация, ЭКО)

#СЎРАГАН_ЭДИНГИЗ

Homiladorlikdan so'ng qorindagi izlarni uy sharoitida yoqotamiz

Homiladorlikdan so'ng ko'p ayollarda qornida yoki bo'ksalarida chiziq shaklidagi izlar qoladi. Bu izlar vujudga kelishiga ayolning gormonal holatining o'zgarishi sabab bo'ladi. Izlarni butunlay yo'q qilish juda qiyin, lekin sellyulitdan farqli o'laroq, ularni iloji boricha ko'rinmasligini ta'minlash mumkin.

1.Efir yog'lari&
_Efir yog'lari orasida izlarga qarshi eng effektiv yog' bodom yog'i hisoblanadi._
Losyon tayyorlash:
_Bodom yog'i mandarin va avokado yog'lari bilan 1:5 qilib aralashtiriladi. Ushbu aralashma-losyon bilan kuniga 2 mahal iz tushgan joylar artiladi.yoki,Bir choy qoshiq bodom yog'iga 8 tomchi rozmarin yog'idan qo'shib har kuni teriga surtiladi._
2. Krem-piling
_150 ml yogurt, 1 osh qoshiq bodom yog'i, bir dona limonning tyorkadan chiqarilgan sedrasini aralashtiriladi. Chiqqan massani 20 daqiqaga iz tushgan teriga surtib qo'yiladi. Kremni yuvib tashlashdan oldin teriga singdirish uchun bir oz massaj qilinadi. Bu protsedurani haftasiga 2 marta amalga oshirish lozim._
3. Vanna
_Vannani to'ldirib 5 tomchi apelsin efir yog'i, 2 tomchi geran efir yog'i, 6 tomchi nerol efir yog'i, 3 tomchi ladan efir yog'i va 2 tomchi muskat efir yog'i solib ichida kamida 20 daqiqa davomida o'tiriladi._
4. Mumiyo
Ishqalanish: 1 gr mumiyoni 1 osh qoshiq efir yog'i bilan aralashtirib yotishdan oldin iz tushgan joylar ishqalaniladi.
Krem: 1 gr mumiyo 1 qoshiq qaynagan suvda eritiladi. Chiqqan massa 80 gr bolalar kremi bilan aralashtiriladi. Tayyor krem xolodilnikda saqlanib kunda 1 marta teriga surtiladi.
Losyon: 4 gr mumiyo 50 gr oddiy teri losyoni bilan aralashtiriladi. Har kuni yotishdan oldin izlarga surtiladi.
Yuqorida izlarni yo'q qilish uchun deyarli barcha usullar tasvirlab berilgan.