Get Mystery Box with random crypto!

​​Bola ham odam...(1-qism) Qadrli onalar, bolani go'zal xulql | Педиатр Нур Олимовна

​​Bola ham odam...(1-qism)

Qadrli onalar, bolani go'zal xulqli qilib tarbiyalash uchun bir necha maslahatlarga amal qilsangiz kifoya.

Tasavvur qiling, bir derazadan 3 xil inson tashqaridagi manzaraga qarab turibdi, birinchisi axlat uyumlarini ko'rdi, ikkinchi odam esa bulutli havoni ko'rdi, uchinchi odam esa go'zal kuz manzarasini ko'rdi.

Avvalgi ikki odam bu manzaraga befarq qarab turardi, uchinchi odam esa zavqlanib, sevib tomosha qildi.

Demak, 1- maslahat :
Bolalarimizga har qanday holda ham go'zal va ajoyib xilqatni ko'rgandek sevib yuzlanaylik.
Biz ham bola bo'lganmiz, biz ham to'polon qilganmiz, uyni kovlashtirib, narsalarni sindirganmiz, buzganmiz, xarxasha qilganmiz, yig'laganmiz.

Buni tabiiy hol deb hisoblang, chunki bola shu bilan bilmaganini kashf qiladi va bu harakatlar tagida doimo yaxshi niyat bor, siz faqat undan "nega unday qilding"deb so'rangchi, U "sizni ataylab ranjitish uchun qildim" dermikan?!

Yo'q, u sizga yordam bermoqchi, siz kabi harakat qilmoqchi yoki sizga o'xshamoqchi bo'ladi xolos.

2-maslahat :
Katta odamlarga aytish mumkin bo'lmagan barcha gaplarni bolalarga ham aytmang, chunki ular ham xafa bo'ladilar, nafratlanadilar, o'ziga ishonmay qo'yadilar. Bolalarning kattalardan farqi - ular sizga javob qaytarolmaydilar.
Masalan, bolaga "Hozir borib nima qilsam qilaman-a!" degan gapni qaynonangiz, turmush o'rtog'ingiz yoki boshlig'ingizga aytsangiz, nimalar bo'lishini bir tasavvur qilib ko'ringchi?!

Bolalarni zaifligidan foydalanib, insofsizlik qilish kerak emas.

Pediatr Nur Olimovna