Get Mystery Box with random crypto!

​​Qadrli onalar, bolalar tarbiyasi haqidagi maslahatlarni bo | Педиатр Нур Олимовна

​​Qadrli onalar,

bolalar tarbiyasi haqidagi maslahatlarni boshlaymiz.

Aytingchi, bolangiz sizni juda g'azablantirganda qanday so'kishlarni ishlatasiz?Uyalmang, keling bir boshdan sanaylik: "ahmoq, eshshak, it, rasvo, maraz, landovur, hayvon, jinni, ... "

Sanasam tugamaydi.

Tahdidlarni sanayman: "O'lgur, joning chiqqur, harom o'lgur, ...".
Afsus, davom ettirolmayman.

Qani aytingchi, bu bola kimniki, bu bolaning tanasidagi a'zolari, hujayralari, qoni kimniki bilan bir xil?

Diqqat bilan qarang, uning ko'zlari sizning onangizga o'xshaydi, burni otangizga, sochi qaynotangizga, rangi turmush o'rtog'ingizga, qo'yingki, aziz insonlaringiz bu bolaga nasliy genlarini bergan,
u sizning hujayralaringizdan tashkil topgan.

Endi tafakkur qiling, siz kimni yoki kimlarni haqorat qilyapsiz, kimga qo'l ko'taryapsiz?

Alloh yo'q narsadan sizga ne'mat ato qildi va uni omonat o'laroq berdi. Omonatlarni qay darajada saqlayapsiz, onalar?
Aytishingiz mumkin, hayotda bolaga ma'lum chegara qo'yish kerak deb. Odob-axloq chegarasiz bo'lmaydi, lekin chegaralarni o'rgatishda hotirjam, muloyim misollar bilan tushuntirish mumkinku?!

Onangiz sizni qattiqqo'llik bilan katta qilgani uchun bolangiz aybdor emasku?!

Onalar, "Bolajonim" deb murojat qiling, "siz" deb murojat qiling, chunki bu aynan o'zingizga nisbatan munosabatdir.

Pediatr Nur Olimovna