Get Mystery Box with random crypto!

Aldagani bola yaxshimi? Bolalar uchun eng ishonchli posbon, d | Педиатр Нур Олимовна

Aldagani bola yaxshimi?

Bolalar uchun eng ishonchli posbon, doimo xavfning oldini oluvchi sifatida tanilgan shaxs - bu onadir. Bola, xatto, onasi so'ksa ham ona bag'riga intiladi.

"Men sen bilan birgaman" degan so'zlarni ko'p aytuvchi onalarning farzandlari irodali va ma'suliyatli bo'lib o'sadilar.

Afsuski,

onalarning o'zi "Duxtirga bervoraman", "Ana alvasti kelyapti", "Qulog'ingni kesaman" kabi po'pisalar qilishi juda achinarli holdir.

Qadri onalar, bir o'ylab ko'ringchi, dunyodagi eng ishongani mehriboni shunday desa, yolg'on aytishni o'rgatsa, kelajakda bu bola rostgo'y bo'lib o'sishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.

Yana "Sen yolg'on gapirishni kimdan o'rganding?" deb malomat ham qiladilar-a...

Pediatr Nur Olimovna