Get Mystery Box with random crypto!

Bolangizni telefon o'yinlari qahramonlari tarbiyalashiga yo`l | Педиатр Нур Олимовна

Bolangizni telefon o'yinlari qahramonlari tarbiyalashiga yo`l qo'ymang!

Bugungi kunda ota-onalar uchun eng ma'qul “enaga” - telefon - borgan sari hayotimizga kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Albatta, ota-onalarga 3-4 yoshli bolalarini xarxasha qilmasdan soatlab telefon bilan vaqt o'tkazishi yoqib tushmoqda

Ular bolalari ko'cha changitib yurmaganidan, to'polon qilmaganidan o'zlarini hotirjam sezmoqdalar.

Lekin, ular bolalarining ruhiy va jismoniy salomatligi jar yoqasida turganini, afsuski, bilmaydilar. Kuni kecha bir tanishim 3 yoshli farzandining turli noodatiy harakatlar qilishidan shikoyat qildi.

Uning aytishicha, bola to'satdan qichqirib yuboradigan, ko'zlarini olazarak qilib, bir nuqtaga tikilib, beixtiyor siyib yuborayotganini aytdi. Tunlari uyqusi buzilib, besabab alahlashni odat qilibdi.

Onaning aytishicha, bola bir kunda 5 soat telefon bilan mashg'ul bo'lar ekan.Telefonni olib qo'yishganda esa talvasalar boshlanib, keyinchalik talvasalar har qanday salbiy muomaladan so'ng bo'ladigan bo'libdi. Bola qaysar, berahm va odamovi bo'lib qolibdi.

Yuqoridagi bolaning ahvoli har birimizning farzandimizda bo'lishi mumkin, chunki bola telefondagi voqealarni haqiqiy deb qabul qiladi, ularga achinadi, ular uchun havotir oladi, tashqi olam, ona mehri, atrofdagi voqealar uning asabini qaqshatadi.

Oqibatda, fotosensitiv talvasalar boshlanadi. Bu ruhiyatga zarbalarning eng kuchligidir, zero bolangizni ko'z oldingizda ruhiy kasal bo'layotgani haqida tafakkur qiling, ular bilan vaqt o'tkazishga erinmang, bolani kitobga, tabiatga, jismoniy o'yinlarga qiziqtiring, chunki ruhiy kasallik nogironlikka olib keladi.

Pediatr Nur Olimovna