Get Mystery Box with random crypto!

​​Tug’ruqdan keyingi depressiya – bu bola tug’ilgandan so’ng a | Педиатр Нур Олимовна

​​Tug’ruqdan keyingi depressiya – bu bola tug’ilgandan so’ng ayollarda yuzaga keladigan, tushkunlik, xavotir, va o’z vazifasini bajara olmaslik bilan namoyon bo’ladigan ruhiy o’zgarishdir.

Bunday holat tug’ruqdan keyin ayollarning 10-15% ida uchraydi va ushbu holat ona va bolaning sog’lig’iga salbiy ta’sir etadi. Bunda dastlabki sabablar quyidagi omillarda namoyon bo’ladi: tug’ruq vaqtidagi og’riq, er-xotin o’rtasidagi tushunmovchilik, janjallar, qaynona-kelin munosabatlari;

iqtisodiy muammolar: chaqaloqning va onaning ehtiyojlarini ta’minlay olmaslik, homiladorliklar orasidagi muddatning qisqaligi, onaning ham jismonan ham ruhan zo’riqishi, istalmagan homiladorlik, abort qilinishi bilan bog’liq holatlar...

Bunda onada chuqur tashvish, chuqur qayg’u, bosh og’rishi, tez-tez ko’z yoshi to’kishlar, bolani parvarish qila olmaslik hissi, aybdorlik, vahima hurujlari, stress va asabiylashish, charchoq va xolsizlik, diqqatni jamlay olmaslik, uyqu buzilishi, jinsiy maylning pasayishi, umidsizlik hissi bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta'sir qiladi.

Aziz onalar, sizda ushbu belgilar bo'lsa darhol oila shifokori bilan maslahatlashing. Sizda depressiya bor yoki yo'qligini "Edinburg shkalasi" orqali keyingi postlarimizda albatta aniqlashni o'rganamiz.

Pediatr Nur Olimovna