Get Mystery Box with random crypto!

​​Bolalar shifokori qanday bo'lishi kerak? Yaqinda bir tanish | Педиатр Нур Олимовна

​​Bolalar shifokori qanday bo'lishi kerak?

Yaqinda bir tanish onalardan biri o'zining farzandining shifokorini maqtab qoldi. Uning aytayotgan tavsiflari aynan bolalar shifokorining sifatlariga to'g'ri kelganidan to'g'risi quvonib ketdim va bolalar shifokorining sifatlarini siz bilan o'rtoqlashgim keldi..

Shifokor bolani ko'rishdan oldin va keyin qo'lini yuvishi kerak.
U ota-ona bilan jiddiy, e'tibor bilan va muloyim suhbatlashishi kerak.
Bolaning kasalligi haqida va hayoti haqida erinmay savol-javob qilishi kerak, bolaning oila shajarasini kasalliklarni so'ragan holda tuzib chiqishi kerak.

Shifokor bolaning kasalligi haqidagi tahminlarini, uning prognozi haqida ota-onaga aytish shart emas, lekin ota-onaga umumiy tushunchani aniq va lo'nda bayon etishi kerak.

Bolaning ahvolining jiddiyligi haqida onaga aytish kerak emas, boshqa oila a'zolariga aytishi va yaxshi niyatlarni bayon qilishi kerak, lekin yaxshi yakun haqida va'da bermaslik kerak.

Hech qachon dorilarni o'z manfaati yo'lida buyurmaslik, bolaga zararli yoki keraksiz dorini va ataylab qimmatini buyurish kerak emas, dorilar aynan nimagaligini va uni berish tartibini onaga erinmay tushuntirishi kerak.

Oiladagi ruhiy muammolarni bartaraf qilishi, o'smirlar bilan holi, dildan gaplashish, bola tarbiyasi va ovqatlanishi haqida o'ta nazokat bilan maslahat berish kerak.

Hech qachon ota-onaga g'azab qilishi kerak emas, hatto ular nohaq bo'lsa ham. Bolani ko'rik qilish vaqtida uning kiyimlarini maqtash va erkalatish kerak.

Bolalar shifokorining butun borlig'i faqat yaxshilik qilishga qaratilishi kerak, chunki u davolagan bola yana 50-80 yil yaxshilik ulashsa, shifokorga ajr-u savob yoziladi, inshaalloh .

Pediatr Nur Olimovna