Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Allohga shukurki, ushbu | Педиатр Нур Олимовна

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Allohga shukurki, ushbu kanal orqali baholi qudrat manfaat olayotganingizdan xursandman. Kanalimizga talabalar, ota- onalar, kelin kuyovlar, buvi- bobolar va shifokorlar, professor o'qituvchilar obuna bo'lishgan, hatto chet eldagi o'zbek oilalari ham kuzatib boradi.

Ota-onalarimiz bilan ovozli savol javob (podkast) qilish niyatida edimki, mavzularini o'zingiz tanlasangiz, xursand bo'lar edim.

Ushbu mavzulardan qaysi biri sizni eng ko'p qiziqtiradi?

1.Bola tarbiyasida onaning o'rni.

2.Yoz oylarida ko'p uchrovchi kasalliklar.

3.Bolalarning jismoni va ruhiy rivojlanish me'yorlari.

4.Chaqaloqlarni parvarish qilish.

Siz tanlagan mavzularda dori vositalari haqida axborot berilmaydi, balki oldini olish va parvarish, mutaxassisga yo'naltirish masalalari ko'riladi.

Men qiynalib qolgan masalalarda ustozlarimiz va tajribali buvi-bobolarimiz yordam bersa xursand bo'lar edim.

Izohlarga 1dan 4gacha raqamlardan siz istagan mavzuyingizni raqamini yozib qoldiring.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna