Get Mystery Box with random crypto!

Ideal er qanday bo'lishi kerak? | Педиатр Нур Олимовна

Ideal er qanday bo'lishi kerak?

Qadrli obunachilar!

Yuqoridagi testlarda ideal turmush o'rtoq (er) qanday bo'lishi haqidagi savollar muhokamalarga sabab bo'lganligi uchun, keling, bir oz mulohaza qilaylik.
"Aqlli, oilaga g'amxo'r, ayolni tushunadigan, bolajon, ozoda, ..." Qanday ajoyib ta'riflar... Mukammal, buning ustiga puldor bo'lsa...

Xo'sh, oila ajrimlari mukammallik qidirganimiz uchun sodir bo'lyaptimi unda? Yoki erkaklar ayollardan mukammallik qidirishyaptimi?

Tibbiyot talabalari bilan "ayolning oliy ma'lumotli bo'lishi qanchalik muhim" mavzusida suhbatlashayotgan edik, bir talaba "men bilgan ko'pchilik ilmli odamlarning onalari hech qayerda o'qimaganku?", deb savol berdi.

Men esa unga, bunga sabab ayollarning qon-qoniga singib ketgan Qur'on qonuniyatlari aqida sifatida onadan qiziga ta'lim berilganligi, qolgan ta'limni esa ularga turmush o'rtoqlari o'rgatishganligini aytgan edim. Ularning erlari esa oddiy dehqon, hunarmand bo'lishgan, lekin halollik, halimlik, ayollarga va bolalariga mehribonlik haqida hech qaysi oila psixologiyasidan emas, aynan Qur'on o'gitlaridan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan o'rganganlari haqida aytgan edim.

Yaqinda ajoyib inson Ikrom Sharifning "Oilaviy ajrimlarni oldini olishda eng samarali yo'l" ma'ruzalarini eshitib erkaklarning ayol tarbiyasidagi rolini eshitib yanada hayron qoldim.

Oilada erkak aqlli bo'lmasin, puldor bo'lmasin, xushsurat bo'lmasin, lekin ayoliga oilani isloh qilishda Qur'on qonuniyatlarini o'rgatsin. Ayol halimlikda, mehribonlikda tengi yo'q erining o'gitlarini qilmasa, bu endi haqiqiy fojeadir.

Keling, bolani tarbiya qilish yo'lida o'zimizni tarbiyalaylik, oilada bir birimizga mehribon va go'zal qirralarnigina ko'rishga harakat qilaylik.


Sizlarga tinch va baxtli hayot tilab,
Pediatr Nur Olimovna