Get Mystery Box with random crypto!

Barcha dietologlar uxlash avvalidan toʻyib ovqat yemaslikni ma | Азизуллаев Нурсултан

Barcha dietologlar uxlash avvalidan toʻyib ovqat yemaslikni maslahat berishadi. Bu nimasi bilan xavfli hisoblanadi va uyqu oldidan qanday mahsulotlar tanovul qilmaslik kerak?

1. Toʻyib ovqatlangandan keyin uxlash ertalab nonushta qilish istagining yoʻqolishiga sabab boʻladi. Natijada umumiy kun tartibi buziladi.

2. Toʻq qoringa uxlash uyqu buzilishlariga olib keladi.

3. Kun kech kirgach, isteʼmol qilingan taomlar semirishga sabab boʻladi.

4. Oshqozon-ichak trakti tunda dam olishi kerak, u esa buning oʻrniga ovqat hazm qilish bilan mashgʻul boʻladi va bosim ostida qoladi.

 

Uyqu oldidan qanday mahsulotlar tanovul qilish tavsiya etilmaydi:

1. Tarkibida kofein mavjud boʻlgan yegulik va ichimliklar – shokolad, qahva, kakao, kola, achchiq choy.

2. Yogʻli va qovurilgan taomlar

3. Qorin dam boʻlishiga olib keluvchi mahsulotlar – xom karam, noʻxat, rediska, turp.

Дерек: "Соғлом ҳаёт"