Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu~alaykum!! O‘rta guruhi(4-5yosh) Sentyabr oyinin | 🌹🌸MSHBSH TA'RBIYASHILARI KANALI🌸

Assalomu~alaykum!!

O‘rta guruhi(4-5yosh)

Sentyabr oyining birinchi haftasi ta'lim~tarbiyaviy faoliyat
Rejalashtirish

Sentyabr oyi mavzusi;
''O‘zbekiston~mening Vatanim''
Hafta mavzusi; ''Men va mening bog‘cham''

Dushanba
Qurish~yasash va matematika markazi mavzusi;,,Bog‘cha quramiz''
Qushimcha;''Bog‘chamizdagi o‘yingoh''
Resurslar;Kubiklar,g‘ishtchalar,lego.

Seshanba
Syujetli~rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi mavzusi;''Kelinglar tanishamiz!''
Qo‘shimcha;''Bolalar bog‘chasidagi do‘stlarim'' mavzusida suhbatlashish.

Chorshanba
Til va nutq markazi mavzusi;''Mening guruhindagi jihozlarim''mavzusida suhbatlashish.
Qo‘shimcha;''Jihozlar va maishiy texnikalarni rasmlardan ajratish''
Resurslar; Mavzuga mos ko‘rgazmalar,tarqatmalar.

Payshanba
Fan va tabiat markazi mavzusi;
''Xona gullari bilan tanishish''gullarni ayrimlarini nomini bilishga,guli,bargi,poyasining tuzilishidan farqlashga o‘rgatib borish.

Juma
San'at markazi mavzusi;
''Gullar'' mavzusida rasm chizish,applikasiya usulida gullarni yopishtirish,plastillindan gul tayyorlash.

Faoliyatlar davomida bolalarni rag‘batlantirishni unutmang!!

https://t.me/MSHBSH_tarbiyashilari_kanali