Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu~alaykum!! Kichik guruh(3-4yosh) Sentyabr oyinin | 🌹🌸MSHBSH TA'RBIYASHILARI KANALI🌸

Assalomu~alaykum!!

Kichik guruh(3-4yosh)

Sentyabr oyining birinchi haftasi ta'lim~tarbiyaviy faoliyat
Rejalashtirish.
Sentyabr oyi mavzusi;''O‘zbekiston~mening Vatanim!,,
Birinchi hafta mavzusi;''Men va mening bog‘cham''


Dushanba
Qurish~yasash va matematika markazi mavzusi; ''Bog‘cha quramiz''Kubik va g‘ishtchalar, lego to‘plamlaridan foydalanib ishlash.

Seshanba
Syujetli~rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi mavzusi;''Bolalar bog‘chasi'', ''Kelinglar tanishamiz,, o‘yinlarini o‘ynash.


Chorshanba
Til va nutq markazi mavzusi,, Mening guruhimdagi jihozlarim''mavzusida suhbatlashish.
Resurslar; Syujetli rasmlar.


Payshanba
Fan va tabiat markazi mavzusi;''Xona gullarini parvarishlaymiz'' Bolalar bilan birgalikda xona gullarini sug‘orish, tagini yumshatish, barglarini yuvish.
Qo‘shimcha;''Istirohat bog‘lari''AKT dan foydalanb sayohat, bog‘cha bog‘iga sayohat

Juma
San'at markazi mavzusi;
''Do‘stlarim uchun teshikkulchalar''loy ishi,''Gullar''mavzusida rasm shizish

Faoliyatlar davomida bolalarni rag‘batlantirishni unutmang!!

https://t.me/MSHBSH_tarbiyashilari_kanali