Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari u | 🌹🌸MSHBSH TA'RBIYASHILARI KANALI🌸

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili muddatlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlarining 2018 yil 16 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tillari muddatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori tasdiqlandi. Mazkur qo‘shma qarorda maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining lavozimi bo‘yicha mehnat ta'tili muddatlari belgilandi.

T/r Lavozimlar nomi Mehnat ta'tili muddati

I. Umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari

1 Mudir 36 ish kuni

2 Tarbiyachi-metodist 36 ish kuni

3 Tarbiyachi 36 ish kuni

4 Musiqa rahbari 36 ish kuni

5 Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog 48 ish kuni

6 Psixolog 36 ish kuni

7 Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi 24 ish kuni

8 Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun 24 ish kuni

9 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 24 ish kuni

10 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 24 ish kuni

11 Kichik tibbiy hamshira 24 ish kuni

12 Bosh oshpaz 24 ish kuni

13 Oshpaz 18 ish kuni

II. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari

14 Mudir 48 ish kuni

15 Barcha mutaxassisliklar o‘qituvchilari, jumladan, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog 48 ish kuni

16 Tarbiyachi-metodist 48 ish kuni

17 Tarbiyachi 48 ish kuni

18 Musiqa raxbari 48 ish kuni

19 Eshitish xonasi yo‘riqchisi 48 ish kuni

20 Psixolog 36 ish kuni

21 Tarbiyachi yordamchisi, jumladan, tungi vaqt uchun 24 ish kuni

22 Shifokor 24 ish kuni

23 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 24 ish kuni

24 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 24 ish kuni

25 Kichik tibbiy hamshira 24 ish kuni

26 Bosh oshpaz 24 ish kuni

27 Oshpaz 18 ish kuni

III. Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan hamda nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari

28 Shifokor 42 ish kuni

29 O‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan, katta tibbiy va patronaj hamshirasi 42 ish kuni

30 Davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, yo‘riqchi metodist 42 ish kuni

31 Kichik tibbiy hamshira 42 ish kuni

https://t.me/maktabga_tayyorlov_guruhi
https://t.me/maktabga_tayyorlov_guruhi