Get Mystery Box with random crypto!

Uy sharoitida progesteron yetishmovchiligini qanday aniqlasa b | БЕПУШТЛИКНИ ДАВОЛАШ (Инсеминация, ЭКО)

Uy sharoitida progesteron yetishmovchiligini qanday aniqlasa bo'ladi?

Hayz sikli necha kun bo'lishidan qat'iy nazar ovulyasiyadan so'ng bo'ladigan lyutein (progesteron ishlab chiqariladigan) davr 12-14 kun davom etishi kerak.

Hayz sikli hammada har xil bo'lishiga follikulyar davr - hayz siklining birinchi davri sababchidir.

Masalan, 25 kunlik hayz siklida follikulyar davr o'rtacha 10 kun davom etib, 11 kun ovulyasiya davri va 12 kundan 25 kunga qadar (13 kun) lyutein davrga to'g'ri keladi. Agar hayz sikli 35 kunlik bo'lsa, u holda follikulyar davr hayz siklining 20-kunigacha cho'zilib, 21 kun ovulyasiya va 22 kundan 35 kunga qadar (13 kun) lyutein davr bo'ladi. Bu normada.

Demak, agar ayol ovulyasiya kunini aniqlay olsa, lyutein davrini topish oson bo'ladi. Ovulyasiya sodir bo'lgan kundan boshlab keyingi hayzsiklining birinchi kuniga qadar bo'lgan davr lyutein (progesteron ishlab chiqariladigan) davr hisoblanadi. Mana shu davr 12-14 kundan kam bo'lmasligi lozim. Aks holda, homilador bo'lish yoki homilani ushlab qolish qiyin bo'ladi. Buning uchun ginekolog-endokrinolog tavsiyasiga binoan, qo'shimcha progesteron dori-vositasini qo'llash talab etiladi.