Get Mystery Box with random crypto!

​ Ishq – bu gohida samimiy, gohida ahmoqona tabassum qilmoq. | Гулчеҳра Айтмуратова

Ishq – bu gohida samimiy, gohida ahmoqona tabassum qilmoq.

Ishq – bu gohida men yoningdaman demoq.

Ishq – bu ba’zan sukut saqlamoq.

Ishq – bu ba’zan yo‘q deya olmaslik.

Ishq – bu ba’zan «koshki»lar bilan yashamoq.

Ishq – bu ba’zida yolg‘on.

Ishq – bu gohida haqiqat.

Ishq – bu boricha qabul qilmoq.

Ishq – bu ba’zida «u birinchi yozsin» deb kutmoq.

Ishq – bu sababsiz shodlanmoq.

Ishq – bu xayollardan iborat bir tun.

Ishq – bu butun olam
.

Berkutay Soysal (Kelmasang ham kutaman) asaridan

Telegram | Instagram | Audiokitob