Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli bitiruvchi yoshlar! Barchangizni beg'ubor o'quvchilik | Избоскан туман МТБ матбуот хизмати

Qadrli bitiruvchi yoshlar!

Barchangizni beg'ubor o'quvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yana-da mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yayitganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz - ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g'oyat quvonchli va hayajonli voqeadir.

Ma'lumki, biz o'z oldimizga ulkan maqsadlarni qo'yib, ularga erishishning eng muhim omili sifatida ta'lim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqdamiz. Qisqa muddatda maktabgacha ta'lim, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida muhim o'zgarishlar amalga oshirildi. "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi" degan shior asosida maktab ta'limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.

Sizlarning hayotda o'z munosib o'rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to'la sfarbar etadi. Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib bo'ling!

Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug' va muborak bo'lsin! Sizlarning yutuq va g'alabalaringizga ishonaman, aziz yoshlar!

https://t.me/Andijonmtb_matbuot