Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alayku aziz yurtdoshlar, muhtaram hamkasblar! Sizla | Избоскан туман МТБ матбуот хизмати

Assalomu alayku aziz yurtdoshlar, muhtaram hamkasblar!

Sizlarni, yurtimizdagi barcha moʼmin-musulmonlarni, muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga oʼzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga toʼlgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

bu yilgi Ramazon bayrami “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan olijanob gʼoyani oʼzida mujassam etgan "Yangi Oʼzbekiston" taraqqiyot strategiyasi asosida keng koʼlamli islohotlarimiz yanada yuksak bosqichga koʼtarilayotgan tarixiy sharoitda oʼtayotgani uning fayzi va shukuhini keskin oshirmoqda.

Muhtaram Vatandoshlar!

Sizlarni, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Bayram shukuhidan qalblarimiz yanada nurafshon boʼlsin!

Ona yurtimiz tinch, hayotimiz farovon boʼlsin!

Xurmat bilan, Izboskan tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi.

@izboskan_mtt