2022-07-03 20:50:30
Ikki kundan buyon Muhabbat haqida "dars" o'tishyapti. Go'yoki menda yurak yo'qday. Nega tushunishmaydi, Islom sevgini man etmaydi, shunchaki uni Halol bo’lishini talab qiladi. Ular aytayotgan narsa shunchaki sarob. Har kim muhabbatni o'zicha idrok etarkan. Nima bo'lganda ham ikki nomaxramning, yigit kishi uylangunicha, qiz bola turmushga chiqquncha o'zlarini eng go'zal suratda namoyon qilishlaridan nima foyda. Va bu muhabbat degan nomga nomunosib. Shunchaki buning nomi ideallashtirish holos. Hech kim bir birini mukammal bila olmaydi. Insonlar xatto o'zlarini o'zlari aldab yashayotgan bir davrda, bir insonning asliyatini bilish shunchalik osonmi?!
Biz faqat bizga aytilganidek; hulqiga, diniga, dinga bo'lgan munosabatiga qaraymiz, shunda ham bizga ko'ringandan ortig'ini ko'rishga qodir emasmiz. Istixora qilamiz Allohga tavakkal qilamiz. Alloh Qalbimizga zarradek yaxshilik alomatini solmasa, qanday rozilik berish mumkin.
Oila qurmoqchi bo'lgan insonlarning avvalo maqsadlari bir bo'lishi kerak. Maqsadi bir insonlarning mashaqqatlarga sabr qilish darajasi yuqoriroq bo'ladi. Har ikki taraf bu borada yelkadosh bo'la oladi. Eng muhimi qalbi qalbiga tanish bo'ladi.
Qiz bola ham yoqtirish kerak. Agar bu ahamyatsiz bo'lganda ayollarga bu tuyg'u berilmagan bo'lardi.
23 views17:50