Get Mystery Box with random crypto!

Til- millat ko'zgusi Joriy yilning 28-iyul kuni Taxiatosh | Тақыятас районы

Til- millat ko'zgusi

Joriy yilning 28-iyul kuni Taxiatosh tumani fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari B.Paluaniyazov, tuman hokimining maslahatchisi N.Atiyazovalar ishtirok etishdi. Majlisda tuman hokimi maslahatchisi N.Atiyazova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi rahbari B.Paluaniyazov tomonidan “Yangi O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi” nomli kitobini targ‘ib qilish maqsadida, xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.