Get Mystery Box with random crypto!

#Davomi raqami — tinch va osoyishtalik, vijdon va adolatga | ❤️ҚӘЛБ ПСИХОЛОГИЯСЫ☀️☀️КӘМИЛЛИККЕ ЕРИСИУ 🌼 психологик канал🌱

#Davomi


raqami — tinch va osoyishtalik, vijdon va adolatga yo‘g‘rilgan inson timsoli. Bu raqamdan bir vaqtlar sizdan xafa bo‘lib, arazlab yurgan do‘stlarga yarashish uchun qo‘ng‘iroq qilgan ma’qul. Uning egasi uy-ro‘zg‘or borasida maslahat va yo‘l-yo‘riq berishga usta. Biznesda esa xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritgani ma’qul. U sabr-qanoat, g‘amxo‘rlik va rahmdillik timsoli. Bu xislatlarga ega insonlarga mazkur raqam nasib etgani bejiz emas. U egasini o‘zi tanlaydi va xotirjamlik, baxt hamda muvaffaqiyat olib keladi.
Faylasuf va ilohiyotchi

eng sirli va g‘ayrioddiy raqam bo‘lib, uning egasida donishmandlik, ilohiylik, voqelikka falsafiy baho berish kuchli. Telefon raqamlari yig‘indisi 7 chiqqan inson mistika, falsafa, afsunga oid bilimlarga juda qiziqadi. Bunday insonlar aqlga emas, ko‘proq ichki sezgisiga ishonishadi. Buning natijasi ikki xil bo‘lishi mumkin. Bir tomondan sizda intuitiv tuyg‘u rivojlanib, xatolaringiz kamayadi. Ikkinchi tomondan esa aql ham katta kuch ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Tuyg‘ularingiz qa’riga g‘arq bo‘lib yuraversangiz, atrofdagilar nazdida g‘alati, tushunarsiz, «ichimdagini top» inson bo‘lib tanilasiz. Hamma narsa me’yorida bo‘lgani ma’qul.
Moddiy to‘kinlik timsoli

raqami — moddiy to‘kin-sochinlik, omad, gullab-yashnash, kuch-qudrat, hokimiyatga intilish va murosasizlik ramzi. U maqsad sari intilishda sizga qo‘shimcha kuch beradi, ishni yarim yo‘lda qoldirib ketishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Agar sizda moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, raqamlari yig‘indisi 8 ga teng sim karta sotib oling. Ana shunda barcha muammolaringiz barham topadi. Munosabat o‘rnatish, biznes va pul borasida omadingiz chopadi. Obro‘ingiz oshadi. Barcha muhim va nomuhim qarorlarni osonlik bilan qabul qilasiz.
Favqulodda kuch-qudrat egasi

eng universal raqam bo‘lib, har qanday ish uchun mos keladi. U o‘zida qolgan barcha raqamlar salohiyatini jamlagan. Har qanday ishda ko‘makchi, biroq turli syurpriz va taqdir tuhfalariga sabab bo‘lishi mumkin. Favqulodda intuitsiyasi kuchli, hissiyotli, o‘ta ta’sirchan. G’amga kuchli beriladi. To‘qqiz raqami bitmas-tuganmas kuch-qudrat, har qanday mushkul vaziyatdan osonlik bilan chiqa olish ramzidir.


@qalb_quyash

@qalbke_jol