Get Mystery Box with random crypto!

​​Raxit kasalligi qanday boshlanadi? Qadrli onalar! Farzand | Педиатр Нур Олимовна

​​Raxit kasalligi qanday boshlanadi?

Qadrli onalar!

Farzand parvarishi kabi sharafli ishni sidqidildan bajarayotgan jonkuyarlar...Bugun sizlar bilan bola uchun juda xavfli bo'lgan raxit kasalligining boshlang'ich belgilari haqida gaplashamiz.

Raxit kasalligi bu vitamin D yetishmasligi natijasida suyaklanish jarayonining buzilishi bilan kechadigan, asosan erta yoshli bolalarda uchrovchi kasallikdir. Bu kasallik parvarishning yetarli bo'lmasligidan, bolani toza havoga kam olib chiqilishidan, ovqatlantirishdagi bilimsizlikdan, onaning kamqonligi tufayli kelib chiqadi.

Asosan, kalsiy va fosfor moddalarining so'rilishi izdan chiqishi tufayli bolalarda 3 oydan boshlanuvchi bezovtalik, injiqlik, ko'p terlash, shovqin va kuchli yorug'likdan qo'rqish, terida qichishish bilan boshlanadi.

Bolaning uyqusi buziladi va ter,siydikdan achqimtir hid keladi. Bola yostiqqa boshini ishqashi natijasida orqa sochlari to'kilib ketadi. Keyinchalik bosh shaklining qiyshayishi, tishlarning kech chiqishi, kech o'tirish va kech yurish kuzatiladi.

Davolanmagan raxit kasalligi bolada nogironlikka olib keluvchi suyak va mushak muammolari bilan davom etadi. Shularni bilgan holda bolangizda ushbu belgilardan biri kuzatilsa, darhol pediatrga uchrashingiz foydadan holi bo'lmaydi degan umiddaman...

Pediatr Nur Olimovna