Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning to'rtinchi oydagi psixomotor faoliyati. Aziz onalar, | Педиатр Нур Олимовна

Bolaning to'rtinchi oydagi psixomotor faoliyati.

Aziz onalar, mana farzandingiz to'rt oylik bo'ldi, endi u bilan til topishingiz oson, chunki u gapirsangiz quloq soladi, yig'lasa tez yupanadi, o'yinchoqlarga qiziqib qaraydi.

Uyqusi ham chuqur, uyg'oqlik davrida serharakat. U sayrga chiqishni yoqtiradi, aka-opalari bilan muloqot qiladi, begonalarni bilib yotsiraydi.

Quyida keltirilgan so'rovnoma orqali bolangizda hali namoyon bo'lmagan ko'nikmalarni shakllantirishga harakat qiling!