Get Mystery Box with random crypto!

Bola chizgan rasmlar oila muammolari haqida ma’lumot beradimi? | Педиатр Нур Олимовна

Bola chizgan rasmlar oila muammolari haqida ma’lumot beradimi?

Assalomu alaykum aziz obunachilar, safimiz kengayib borayotganidan xursandman, sababi hech bo’lmasa siz sababli bitta bola ruhan va jismonan sog'lom bo'lsa, men baxtiyor bo'laman.

Bugungi postimiz bola chizgan rasmlarga qarab uni tushunish haqida, psixologlarning aytishicha, bola ichki kechinmalarini suratlarida aks ettiradi, bog'cha tizimi takomillashgan sari bunday testlarni boladan olishi kerakligi balki o'rgatilar...

Keling birga shu testni o'tkazamiz.
Buning uchun 4-6 yoshli bolaga "Mening oilam" mavzusida rasm chizdiring.

Testning shartlari:
1. Bolaning hech bo'lmasa 12 xil rangli qalami va oq qog'ozi bo'lishi kerak.

2. Bola charchaganda, kayfiyati yo’qligida rasm chizishi mumkin emas.

3. Bolaga har bir oila a’zolarni chizishini iltimos qiling.

4. Rasm chizish davomida uni maqtamang yoki tanqid qilmang, undan kimni chizayotganini so’ramang.

5. Rasm chizishni xohlamasa, yoki oilani chizishni xohlamasa majburlamang.

Rasm tahlillarini umumiy baholaymiz, individual emas, mening izohimga qarab o’zingiz analiz qilishingiz mumkin.

Bolalar chizgan rasmlarni jo'natib ko’ring!

Unutmang siz bilan o’tkazilgan har bir vaqt bola uchun maroqlidir.

Pediatr Nur Olimovna