Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktabda a'lochi bo'lsin bolam... Assalomu alaykum qadrli o | Педиатр Нур Олимовна

​​Maktabda a'lochi bo'lsin bolam...

Assalomu alaykum qadrli ota-onalar,

yana maktab haqida yozishimning sababi, bolalar maktabda va o'quv markazlarida shunchaki faol va a'lochi bo'lib qolmaydilar,. balki sizning qo'llab quvvatlashingiz tufayli yutuqlarga erishadilar.

Ho'sh qanday qilib bolaning xotirasiga ma'lumotlarni oson muhrlash mumkin?

Buning uchun verbal va noverbal muloqotni birdek qo'llash kerak bo'ladi, verbal bu so'z bilan, noverbal esa bolani tana bilan qo'llab quvvatlashdir.

Bola she'r yodladi yoki ingliz tilida so'z yodladi, siz verbal, ya'ni so'z bilan" barakalloh" dedingiz va noverbal yo'l: bag'ringizga bosdingiz yoki yelkasiga qoqib qo'ydingiz, boladagi quvonch hissi xotirasidagi ma'lumotni umr bo'yi saqlaydi, unutmang bu yondashuv astoydil, mehr bilan bo'lishi shart.

Telefon o'yinlari va o'qituvchilar faqat verbal quvvatlaydilar, ota-ona esa noverbal usulni ham qo'llashi mumkin, bu sizga a'lochi bolalarning ota-onasi bo'lish imkoniyatini beradi.

Pediatr Nur Olimovna