Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Bolamning bo'yi nega o'smayapti? Assalomu alaykum qadrli | Педиатр Нур Олимовна

​​​​Bolamning bo'yi nega o'smayapti?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar,

sizlardan kelgan savollar, asosan, bolaning bo'yini o'stirish uchun nima qilish kerak degan savollar bo'ldi. Qisqacha qilib aytganda, bolaning bo'yi bir yil davomida 2-3 sm o'sayotgan bo'lsa, darhol endokrinologga ko'rinish kerak. Bundan tashqari “suyak yoshi”ni ko'rish kerak.

Buni qilish uchun qo'l kafti suyagi rentgenografiya qilinadi va suyaklanishning yoshga bog'liqligi tekshiriladi. Otasining va ota tomonidan qarindoshlar bo'yi asosan o'g'il bolaga , onaning bo'yi qiz bolaga ta'sir qiladi.

Bolaning bo'yi sakrab o'sadi: 4-6 yoshda va jinsiy balog'at davrida ko'p o'sadi. Bu davrda bir yilda 10-12 sm o'sadi, qizlar o'g'il bolalardan 1-2 yil avval o'sishni boshlaydilar.

Asosan, bo'y o'sish gormoni(somatotrop gormon) soat 22-24 da, chuqur uyquda balandlaydi, fasllardan yoz oylarida faolroq bo'ladi.

Bo'y o'sishi uchun 12-14 yoshli bola 10 soat, 15-17 yoshda 7-8 soatdan kam uxlamasligi kerak. Bola faol harakatda bo'lishi , asosan suv bilan bog'liq sportlarga borishi va yaxshi ovqatlanishi kerak.

Ovqat rasionidagi 60% oqsil sut mahsulotlaridan bo'lib, hayvon va o'simlik( grechka, perlovka, yasmiq) oqsillarini yeyishi kerak, shirinliklar va yog'li ovqatlar o'sish gormonini tormozlaydi.

Minerallardan kalsiy, fosfor, yod va vitamin D foydalidir.

Yana bir gap: 1 yoshgacha 25 sm o'sishining sababi bu onaning doimo birga bo'lishi, mehr berishi tufaylidir. Bola qancha oilada erkin va xursand, mehr qurshovida bo'lsa bo'y o'sishida muammo bo'lmaydi.

Hurmat bilan,

Pediatr Nur Olimovna