Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro viloyati hokimligida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokim | Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati (official)

Buxoro viloyati hokimligida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Botir Zaripov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondonining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Botir Zaripov harbiylarni, ularning timsolida viloyat ahlini Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda bir guruh kuch-tuzilmalar rahbarlariga “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni topshirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va yoshlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha viloyat harbiy-maʼmuriy sektor rahbari sovrini uchun oʻtkazilgan “Amir Temur oʻgʻlonlari” musobaqalari gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.

Telegram:https://t.me/janubiy_mudofaa