Get Mystery Box with random crypto!

Termiz shahridagi muhtasham sanʼat saroyida Vatan himoyachilar | Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati (official)

Termiz shahridagi muhtasham sanʼat saroyida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Toʻra Bobolov Prezidentning Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.

Bir guruh harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari viloyat hokimligining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag'ishladi.

Telegram:https://t.me/janubiy_mudofaa