Get Mystery Box with random crypto!

Shubhasiz koronavirusga qarshi kurashning yagona yo'li bu vaks | Депутат _Нодир Абдувалиев

Shubhasiz koronavirusga qarshi kurashning yagona yo'li bu vaksinatsiya. Lekin emlanishni ommaviy tarzda majburiy qilinishiga qarshiman. Aksincha, "carrot and stick" yondashuvi, ya'ni taqiq va rag'batlantirish kombinatsiyasidan foydalanish kerak.

Bir tomondan, vaksina olganlarga to'lov yoki xizmatlardan imtiyozlar, qo'shimcha dam olish kunlari, turli xil yutuqli lotoreyalar yoki pulsiz ko'rinishdagi boshqa mukofotlar taqdim etish mumkin.

Boshqa tomondan, 2021yil 1 oktyabrdan savdo va pullik xizmat ko'rsatish subyektlariga faoliyat ko'rsatishi uchun xodimlarning kamida 70% vaksinalangan bo'lishini talab qilish, vaksina olmagan fuqarolarga chetga chiqishni cheklash, samolyot va poyezdlardan foydalanishni yoki sport tadbirlari, konsertlar va savdo markazlariga borishni taqiqlash orqali aholining ma'lum qatlamini bilvosita vaksina olishga majburlash mumkin.

P.S. Aslida vaksina olganlarga 2022 yilgacha tonirovkani bepul qilinsa, menimcha 1 haftani ichida kamida 2 mln odam vaksina olgan bo'lardi)))

@D_Ganiyev